Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev poytaxtdagi ijro etuvchi hokimiyat organlari - vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga koʻchirilishini maʻʻlum qildi. U Yangi Toshkentga katta mashinalar kiritilmasligi, tirbandliklar boʻlmasligi va odamlar bundan katta foyda koʻrishini maʻʻlum qildi.

Oʻzbekiston ijro etuvchi hokimiyat organlari Yangi Toshkent shahri hududiga oʻtkaziladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoev 23 noyabrʻ kuni poytaxt atrofida «yashil belbogʻ» yaratish boʻyicha tadbirda maʻʻlum qildi.

«Yashil makon deganimiz bu bejiz emas, bu — kelajagimiz. Xudo xohlasa, mana Yangi Toshkentni qurib, ijro organini hammasini Yangi Toshkentga koʻchirishni reja qilyapmiz. Tasavvur qilinglar katta mashinalar kirmaydigan, tirbandliklar yoʻq [hudud] boʻlib, odamlar bundan faqat foyda koʻradi», — dedi prezident.

Davlat rahbari, shuningdek, Bokuda boʻlib oʻtgan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferentsiyasida (COP29) soʻzlagan nutqini eslatib oʻtdi, shuningdek, 2025 yilni Oʻzbekistonda «Atrof-muhitni muhofaza qilish va „yashil“ iqtisodiyot yili» deb eʻʻlon qilishni «bejiz» taklif qilmaganini aytdi.

«Agar biz iqtisodiyot barqarorligi bilan mana shu ekologiyaga, yashil iqtisodiyotga eʻʻtiborimizni bersak… Mana hamma sohada jahon bozoriga chiqmoqchimiz, maqsadimiz bitta — bozor topish. Tadbirkorlarga bozorni ochmasak u tadbirkor shuncha texnologiyani Evropada, Osiyodan, Amerikadan, Xitoydan olib kelib yotibdi. Ertaga uning mahsuloti qaerga boradi? Bilasizlarmi, ong oʻzgarish kerak. Raqobatbardosh, korruptsiyadan holi qilish uchun texnologiyalarni yangilab, bozorga munosib mahsulot chiqarish kerak. Maqsad — daromad topish, manfaat boʻlish», — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoev yalpi ichki mahsulotni 200 mlrd dollarga etkazish rejalari haqida gapirdi.

«Boshlaganimizda 51 mlrd [dollar] edi, hozir 110 mlrd boʻlayapti, Qilsa boʻlar ekan! Shuning uchun xalqimiz, oʻz kelajagimiz, jonajon vatanimiz uchun qilgan hamma rejalarimiz uchun mana shu strategiyamizga munosib harakat qilsak ana shunda marra bizniki boʻladi», — dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezidentning 19 apreldagi qarori bilan bosh vazir boshchiligidagi muvofiqlashtiruvchi kengashga uch oy muddatda vazirlik va idoralarni Yangi Toshkentga koʻchirish boʻyicha taklif kiritish topshirilgandi.

2023 yil mart oyida prezident Yangi Toshkent qurilishi boshlanganini bildiruvchi kapsulaga tamal toshi qoʻygan edi. Shahar 1 million aholini sigʻdira olishi kutilmoqda.

Bu erda davlat muassasalari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa obʻʻektlar joylashishini taʻʻkidladi. Hozirda vazirlik va idoralar joylashgan bino oʻrnida mehmonxonalar, savdo va xizmat koʻrsatish obʻʻektlarini ochish rejalashtirilgan. «Toshkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi», — dedi oʻshanda davlat rahbari.

Mavzuga aloqador