Sanjar Said:
Boku va Isroil ittifoqida yangi bosqich: Ozarbayjon Ibrohim bitimlariga qoʻshilmoqchi

Ozarbayjonning Isroil bilan yaqin munosabatlari hech kimga sir emas. 1990-yillardan beri strategik "energiya evaziga qurol" hamkorligi ushbu aloqalar negizini tashkil etib kelmoqda.

Boku Qozogʻiston bilan birgalikda Tel-Aviv neftь ehtiyojining 60 foizdan ortigʻini taъminlab kelmoqda. Bu koʻrsatkich 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning Gʻazo va Livandagi shafqatsiz harbiy harakatlari tufayli yanada oshdi.

Buning evaziga Isroil Ozarbayjonni zamonaviy qurollar bilan taъminlaydi. Bu qurollar Bokuning 2020 va 2023 yillardagi urushlarda Armaniston ustidan zafar quchishida muhim rol oʻynadi.

2016-2021 yillar oraligʻida Ozarbayjon qurol importining 69 foizi Isroil hissasiga toʻgʻri keldi. Buni oʻsha davrda Bokuga qoʻngan 100 ga yaqin Isroil harbiy samolyotlari ham tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, Ozarbayjon Isroilning qoʻshni davlatlar bilan aloqalarni chuqurlashtirish orqali Tehronni qurshab olishga qaratilgan "Eronga yaqinlashish" strategiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero Eron rasmiylari bir necha bor shimoliy qoʻshnisini Tehronga qarshi Isroil razvedka va diversiya operatsiyalari uchun tayanch nuqta vazifasini bajarishda ayblagan.

Ozarbayjon Ibrohim bitimlarida

Bugungi kundagi yangilik shundaki, soʻnggi haftalarda AQSh va Isroilda Ozarbayjonni Ibrohim bitimlariga qoʻshish gʻoyasi kuchaymoqda. Bu bitimlar – Tramp vositachiligida Isroil va BAA, Bahrayn, Sudan, Marokash kabi arab davlatlari oʻrtasida 2020 yilda imzolangan "munosabatlarni normallashtirish" kelishuvlaridir.

5 mart kuni Knessetga Ozarbayjon bilan "strategik ittifoq"ni mustahkamlash va uni Bitimlarga qoʻshishga chaqiruvchi taklif kiritildi. Ertasi kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi AQSh bilan "Isroil, Ozarbayjon va AQSh oʻrtasida uch tomonlama hamkorlikning mustahkam asosini" yaratish boʻyicha muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi. Bu tashabbus nufuzli yahudiy diniy etakchilari va tahlil markazlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Boku ham oʻz navbatida Isroil bilan yaqin aloqalarini mustahkamlamoqda. 2024 yil dekabrida AIPAC rahbarlari Maykl Tuchin va Berni Kaminetskiy birinchi marta Bokuga tashrif buyurib, prezident Ilhom Alievga "Isroilni qoʻllab-quvvatlashingiz eъtirof etiladi", degan vaъdani berdi. Oʻsha yilning boshida Isroil va Ozarbayjon davlat neftь kompaniyasi (SOCAR) oʻrtasida muhim energetika shartnomasi imzolandi. Mart oyiga kelib, SOCAR Tel-Avivdan gaz qidirish litsenziyasini ham oldi.

Eъtiborli jihati shundaki, Ozarbayjon oʻz maktab darsliklarida antisemitizm taъrifini qabul qilgan birinchi musulmon koʻpchilikli davlat boʻldi. Bu taъrif betaraflik niqobi ostida falastinliklar bilan boʻlgan mojaroning isroilparast talqiniga mos keladi. Bundan tashqari, aprelь oyi boshida Boku Suriyadagi ikki ittifoqchisi oʻrtasidagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan Turkiya-Isroil muzokaralariga mezbonlik qildi.

Aytish joizki, Ozarbayjon 2020 yilgi Togʻli Qorabogʻ urushida Armanistonni magʻlub etgandan soʻng Tel-Avivda elchixona ochish orqali Isroil bilan munosabatlarini rasman mustahkamladi. Boku bungacha yillar davomida ushbu qadamni qoʻyishdan oʻzini tiyib kelgan edi, chunki Erevan bilan ziddiyat tufayli musulmon davlatlarining qoʻllab-quvvatlashini yoʻqotishdan xavotirda boʻlgan. 

Ikki tomonlama aloqalar har qachongidan ham yaqinroq boʻlgan bir paytda, yangi savol tugʻilmoqda: nima uchun Ozarbayjonni Ibrohim kelishuvlariga qoʻshishga intilishmoqda, ayniqsa u arab davlati emasligi va allaqachon Isroil bilan mustahkam munosabatlar oʻrnatganini hisobga olsak?

Javob AQShning "Ozodlikni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida"gi qonunining 907-moddasi asosida yotibdi. Sovet Ittifoqi qulaganidan soʻng Togʻli Qorabogʻdagi birinchi urush chogʻida Kongress tomonidan qabul qilingan bu modda AQShning Ozarbayjonga toʻgʻridan-toʻgʻri yordami va qurol-yarogʻ sotishini taqiqlaydi.

2000-yillar boshidan beri AQShning ketma-ket iqtidorga kelgan hukumatlari har yili bu cheklovni tasdiqlab kelgan boʻlsa-da, endi Boku uni butunlay bekor qilishga intilmoqda. Buni Isroilning qoʻllab-quvvatlashi va "Ibrohim kelishuvlari" kabi AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan mintaqaviy tuzilmalarga yaqinroq integratsiyalashuv orqali amalga oshirishga umid qilmoqda.

Armaniston bilan tinchlik kechiktirildi, ziddiyatlar nazoratga olindi

Biroq katta toʻsiq mavjud: Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida rasmiy tinchlik kelishuvi hali mavjud emas. AQShning toʻliq qoʻllab-quvvatlashiga ega boʻlish, jumladan, 907-moddani bekor qilish uchun Boku Erevan bilan tinchlik shartnomasini yakunlashi shart. Ammo 2023 yilda Qorabogʻni batamom qaytarib olganidan soʻng Ozarbayjon oʻzining kuchaygan mavqeidan foydalanib, Armanistondan qoʻshimcha yon berishlarni talab qilmoqchi, bu esa tinchlik jarayonini kechiktirmoqda.

14 mart kuni Donalьd Trampning maxsus vakili Stiv Vitkovning Bokuga kutilmagan tashrifi AQShning Armaniston-Ozarbayjon mojarosini hal qilishdan yana manfaatdor ekanligining belgisi sifatida keng talqin qilindi. Bu ehtimol AQSh, Isroil va Ozarbayjon ishtirokida yangi uch tomonlama ittifoq tuzish yoʻlidagi qadam boʻlishi mumkin.

Xuddi 2000-yillar boshida "terrorizmga qarshi urush" paytida AQShga oʻzining strategik ahamiyatini koʻrsatib, 907-moddadan har yili voz kechishni taъminlagani kabi, Boku endi Isroilga ishonchli hamkor sifatida oʻz qiymatini isbotlash orqali cheklovni butunlay yoʻq qilishga umid qilmoqda. Buning evaziga Ozarbayjon AQShning kengroq qoʻllab-quvvatlashiga ega boʻladi, Isroil esa Tehronga qarshi geosiyosiy muvozanatini mustahkamlaydi.

Ayniqsa, 2020 yilgi urushdan keyin Ozarbayjonga tashrif buyurgan Isroil rasmiylari "Eron tahdidi"ga eъtiborni kuchaytirdi. Hatto 2023 yilda, Boku va Tehron oʻrtasidagi keskinlik kuchaygan bir paytda, Isroilning oʻsha paytdagi tashqi ishlar vaziri Eli Koen ozarbayjonlik hamkasbi bilan Eronga qarshi "yagona front" tuzishga "kelishganini" eъlon qildi. Bu bayonot Eron rasmiylarining keskin tanqidiga uchradi.

Biroq 2024 yil boshidan beri, xususan, Masъud Pezeshkian Eron prezidenti lavozimini egallaganidan soʻng ikki qoʻshni oʻrtasidagi munosabatlar yumshadi. Yangilangan muloqot qoʻshma iqtisodiy tashabbuslarga qaratilgan boʻlsa-da, chuqur ildiz otgan ishonchsizlik hamon saqlanib qolmoqda.

Eronning bu boradagi asosiy tashvishi Bokuning bahsli "Zangazur yoʻlagi" loyihasi boʻlib qolmoqda. Bu – Eron bilan chegaradosh Armanistonning Syunik viloyati orqali Ozarbayjonni uning Naxichevan eksklavi bilan bogʻlaydigan quruqlik yoʻli. Boku oʻtmishda Erevanga koridorni ochish uchun bosim oʻtkazgani, baъzan kuch ishlatishga shama qilgani 2021-2023 yillarda Ozarbayjon va Eron oʻrtasidagi misli koʻrilmagan keskinlikning asosiy sababi boʻldi.

Ozarbayjon Armaniston bilan davom etayotgan tinchlik muzokaralarida Zangazur yoʻlagi boʻyicha talabini rasman olib tashlagan boʻlsa-da, oʻzining keng koʻlamli strategik maqsadlaridan voz kechmagan. Bokuning kutilmagan harbiy harakati ehtimolidan xavotirlanib, Tehron mintaqadagi har qanday "geosiyosiy oʻzgarishlarga" qatъiy qarshiligini bildirmoqda va bunga javoban Armaniston bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirdi.

Soʻnggi haftalarda Eron va Armaniston qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazdi, shuningdek, tomonlar keng qamrovli strategik sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuvni yakunlash arafasida turibdi. Bu Tehronning mintaqaviy muvozanatni saqlash boʻyicha ehtiyotkor, ammo qatъiy pozitsiyasidan darak beradi.

Biroq Eron yaqinda Ozarbayjonni Ibrohim kelishuvlariga qoʻshish boʻyicha saъy-harakatlar borasida ochiqchasiga sukut saqlamoqda. Bu puxta oʻylangan vazminlik Tehronning AQSh bilan nozik yadroviy muzokaralar davom etayotgan bir paytda Boku bilan nozik, yaqinda tiklangan munosabatlarini saqlab qolish istagini koʻrsatadi.

Tehron tezkor xavfsizlik tahdidi paydo boʻlmaguncha, AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan ittifoqning Janubiy Kavkaz sari kengayishiga bardosh berishga tayyor koʻrinadi.

Rovshan Mammadli, jurnalist va mustaqil tahlilchi

Mavzuga aloqador