Oʻzbekiston prezidentiga mamlakat ichki va tashqi siyosati boʻyicha takliflarni kiritib turadigan yangi kengash tuzildi. Unga davlat rahbari maslahatchisi Sardor Umurzakov boshchilik qiladi.
Istanbul prokuraturasi 2024 yil 22 mart kuni Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Xoll"da sodir etilgan qoʻporuvchilik harakati ijrochilariga aloqadorlikda gumon qilinayotgan besh mahbusga ayblov eʻʻlon qildi.
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Qamchibek Tashiev 2025–2026 yillarda mamlakatda korruptsiya toʻliq yoʻqotilishi, buning uchun qattiq qonunlar qabul qilinishini bildirdi. Shuningdek, u huquq-tartibot organlari xodimlarini uydirma ishlar va aybsiz insonlarni taqib qilishdan ogohlantirdi.
Istanbulda siyosatchilar, 400 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlar va oʻn minglab insonlar ishtirokida "Katta Falastin namoyishi" boʻlib oʻtdi. "Kecha Aya-Sofya, bugun Umaviy, ertaga Aqso: bir quyosh chiqmoqda" kabi shiorlar koʻtargan namoyishchilar Isroilning Gʻazodagi xunrezliklarini qoraladilar.
Saida Mirziyoeva falastinlik bolalar bilan uchrashdi.
Moskva Lyublinskiy tuman sudi Tojikiston fuqarosi Yakubov A.R.ni ish joyida namoz oʻqigani uchun 40 ming rubl jarimaga tortdi va uni Rossiya hududidan chiqarib yuborishga qaror qildi. Sud Yakubovning harakatlarini Rossiya qonunchiligiga zid deb topib, ularni diniy eʻʻtiqodni targʻib qilish va missionerlik faoliyati deb baholadi.
2025 yilning 1 yanvarida Istanbulda Falastin bilan birdamlikni namoyish etish maqsadida katta yurish oʻtkaziladi. “Kecha – Ayasofya, bugun – Umaviylar, ertaga – Aqso” shiori ostida oʻtkaziladigan tadbir bomdod namozidan keyin Galata koʻprigida boshlanishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Ozarbayjon Evropa mamlakatlariga «yashil energetika yoʻlagi»ni yaratish boʻyicha taʻʻsis shartnomasini imzoladi.
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning oʻzbek mulozimlari, jumladan, sobiq amaldorlarga qaratilgan bayonotlarini qoraladi. Tojiev buni mamlakat ichki ishlariga aralashish deb atadi.
Ozarbayjon hukumati Azerbaijan Airlines samolyotining Aqtauda halokatga uchrashi munosabati bilan Rossiyaga uchta talab qoʻydi: kechirim soʻrashi, aybini tan olishi, aybdorlarni jazolab, jabrlanganlarga tovon puli toʻlashi kerak. Shuningdek , Ozarbajon Rossiya fuqarolarining mamlakat boʻlish talablarini kuchaytirdi.