Sardor Umurzoqovga yangi vazifa yuklatildi
Foto: “Gazeta.uz”
Oʻzbekiston
prezidentiga mamlakat ichki va tashqi siyosati boʻyicha takliflarni kiritib
turadigan yangi kengash tuzildi. Unga davlat rahbari maslahatchisi Sardor
Umurzakov boshchilik qiladi.
Shavkat
Mirziyoev 31 dekabrʻ kuni mamlakatni ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy
rivojlantirishda strategik tahlil va tadqiqotlar faoliyatini samarali tashkil etish
chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar
berdi.
Hujjat
bilan Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha
muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi.
Ijtimoiy,
siyosiy va iqtisodiy rivojlanish boʻyicha uzoq muddatli strategik tahliliy
hujjatlarni hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam
ravishda prezidentga kiritib borish kengashning asosiy vazifalaridan biri etib
belgilandi.
Muvofiqlashtiruvchi
kengash ichki va tashqi siyosat jarayonlari boʻyicha strategik tadqiqotlarni tashkil
qilish hamda ularni oʻtkazishning barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga
masʻʻul boʻlgan maslahat organi hisoblanadi.
Kengashga 2023
yil avgustidan buyon prezidentning maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi
lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Sardor Umurzoqov boshchilik qiladi.
Kengash
tarkibida quyidagi yoʻnalishlarga masʻʻul boʻlgan ishchi guruhlar tashkil etiladi:
xavfsizlik
va ijtimoiy barqarorlik;
davlat va
jamiyat qurilishi;
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish;
tashqi
siyosat va xalqaro hamkorlik;
hududlarni strategik
rejalashtirish va rivojlantirish;
ekologik kun tartibi,
jumladan, iqlim oʻzgarishi va suv taqchilligi masalalari.












