Shavkat Mirziyoevning tegishli farmoni bilan prezident maslahatchilari tayinlandi. Bu haqda Sherzod Asadov xabar qildi.

Abdulaziz Hafizovich Kamilov prezidentning tashqi siyosat boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi.

Sardor Uktamovich Umurzoqov prezidentning strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Gʻofurjon Gʻanievich Mirzaev prezidentning kadrlar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Ravshan Ayubovich Gulyamov prezidentning iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Mansurbek Polvonzoda Olloyorov prezidentning ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Ruslanbek Kuroltayevich Davletov prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-maъrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Mavzuga aloqador