Turkiyada «Krokus» ishi boʻyicha besh kishi sudlanmoqda
Istanbul
prokuraturasi 2024 yil 22 mart kuni Krokus Siti Xoll”da sodir etilgan qoʻporuvchilik
harakati ijrochilariga aloqadorlikda gumon qilinayotgan besh mahbusga ayblov eʻʻlon
qildi.
Istanbul prokuraturasining ayblov xulosasida gumonlanuvchilar Xofizjon Usmonov, Muteullo Asoev, Rahmatullo Solikov, Muhammadrahim Faizov va Hamza Muhammadning Moskvadagi terakt ijrochilari – Shamsiddin Fariduni va Saydakra Rajabalizoda bilan aloqalari borligi aytiladi.
Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, Tojikiston fuqarosi Faizov rafiqasi, bolalari va Rajabalizoda bilan 2024 yil 5 yanvarʻ kuni Istanbul aeroporti orqali Turkiyaga kelgan. Faizov va Usmonov Fariduni bilan Esenyurt tumanidagi xavfsiz uyda maʻʻlum muddat yashagan.
Qayd etilishicha, tergov ayblanuvchilar va terakt ijrochilari telefon orqali muloqot qilganini aniqlagan.
Prokuratura ayblanuvchilarni "qurolli terrorchi tashkilotga aʻʻzolik" uchun 7,5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni soʻramoqda.
Sud
ayblov xulosasini koʻrib chiqish uchun qabul qildi.













