Tojikiston fuqarosi ish joyida namoz oʻqiganligi uchun Rossiyadan chiqarib yuborildi
Moskva Lyublinskiy tuman sudi Tojikiston fuqarosi Yakubov A.R.ni ish joyida namoz oʻqigani uchun 40 ming rubl jarimaga tortdi va uni Rossiya hududidan chiqarib yuborishga qaror qildi. Sud Yakubovning harakatlarini Rossiya qonunchiligiga zid deb topib, ularni diniy eʻʻtiqodni targʻib qilish va missionerlik faoliyati deb baholadi.
Sud maʻʻlumotiga koʻra, Yakubov 2024 yil 10 yanvarʻ kuni Moskva shahri, Tsimlyanskaya koʻchasidagi "Shovrum" doʻkonida joylashgan ish joyida namoz oʻqigan. Uning harakatlari Rossiyaning 1997 yil 26 sentyabrdagi 125-sonli “Vijdon erkinligi va diniy birlashmalar toʻgʻrisidagi” federal qonuniga zid deb topildi. Xususan, 1-moddaning 3-qismiga muvofiq, diniy marosimlarni jamoat joylarida oʻtkazish maxsus ruxsat talab etadi.
Sud va apellyatsiya qarorlarida taʻʻkidlanishicha, missionerlik faoliyati diniy eʻʻtiqod haqida maʻʻlumot tarqatishga qaratilgan boʻlib, bunday faoliyat faqat maxsus vakolatga ega tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Yakubovning ish joyida namoz oʻqishi mazkur faoliyat deb baholandi.
Sud qarori ustidan berilgan shikoyat ham qoniqtirilmadi. Apellyatsiya sudi oʻz qarorini qonunchilik normalariga asoslab, Yakubovning harakatlarini missionerlik faoliyati deb topdi.
Sud qaroriga muvofiq, Yakubov 40 ming rubl miqdorida jarima toʻlashi va Rossiya hududidan chiqarilishi belgilandi. Bu hodisa Rossiyada diniy erkinliklar va qonunchilikning ijtimoiy muhitga taʻʻsirini yanada chuqurroq oʻrganish zarurligini koʻrsatadi.













