Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab boʻldi. Kadrlarda sovuq havoda engil bayramona kiyimda turgan oʻquvchilarning koʻprik ochilish marosimiga jalb qilingani aks etgan. Bu holat yuzasidan Bolalar huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) munosabat bildirdi.
Turkiya statistika instituti maʻʻlumotlariga koʻra, Kastamonu mamlakatning eng dindor viloyati deb topildi. Ushbu viloyatda har 145 kishiga bitta masjid (jami – 2605 ta) toʻgʻri kelmoqda. Ikkinchi oʻrinni Samsun (497 kishiga bitta, jami 2751 ta masjid) egalladi. Shu vaqtga qadar birinchilikni band qilib kelgan Konya har 705 kishiga bitta, jami 3255 ta masjid bilan uchinchi oʻringa tushib qoldi. Maʻʻlumot uchun, butun Oʻzbekiston boʻyicha masjidlar soni, Masjid.uz maʻʻlumotlariga koʻra, 2043 tani tashkil etmoqda.
Turkiyaning Antaliya viloyatida yashovchi yigit ijtimoiy tarmoqlarda Qurʻʻoni karim ustiga oʻtirib, unga nisbatan hurmatsizlik qilgan yigit hibsga olindi. Unga nisbatan diniy qadriyatlarni haqorat qilish aybi boʻyicha ish ochildi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev mamlakatda ikkinchi va uchinchi atom elektr stantsiyalari qurilishini maʻʻqulladi. Uning soʻzlariga koʻra, Qozogʻiston atom energetikasini rivojlantirib, energiya taqchilligini bartaraf etish orqali iqtisodiy oʻsishga erishishni maqsad qilmoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 456 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
2025 yil 3 yanvarʻ kuni Nukus shahrida FVVga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan 19 yoshli askar mast holda tinch aholining uyiga kirib, uxlab yotgan ayolga tegajogʻlik qilgan. Bu ham etmagandek 5 kishini pichoqlagan, ulardan biri shifoxonada vafot etgani aytilmoqda.
Qozogʻistonning Ostona–Petropavlovsk avtomagistralida 95 ta avtomobilʻ ishtirokida yirik yoʻl-transport hodisasi (YTH) sodir boʻldi. Hodisaga qor boʻroni, yomon koʻrish sharoiti va haydovchilarning tezlik hamda xavfsiz masofaga rioya qilmasligi sabab boʻlgan.
2025 yilning birinchi kunida Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasida yangi diniy taʻʻlim muassasalarining qurilishiga start berildi.
2025 yildan Oʻzbekistonda xorijiy yuk tashuvchilari uchun yangi tariflar amalga kiritiladi. Turkmaniston yuk mashinalari uchun yigʻimlar oshirilgan boʻlsa, Eron transport vositalari uchun toʻlovlar bekor qilindi.
Qozogʻiston giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashni kuchaytirib, ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslar uchun umrbod qamoq jazosini joriy qildi. Prezident Qosim-Jomart Tokaev ushbu tartibni nazarda tutuvchi qonun loyihasini imzoladi.