Qozogʻistonning Ostona–Petropavlovsk avtomagistralida 95 ta avtomobilʻ ishtirokida yirik yoʻl-transport hodisasi (YTH) sodir boʻldi. Hodisaga qor boʻroni, yomon koʻrish sharoiti va haydovchilarning tezlik hamda xavfsiz masofaga rioya qilmasligi sabab boʻlgan. 2025 yil 3 yanvar kuni Qozogʻistonning Janatalap qishlogʻi yaqinida, avtomagistralning 153-qismida yirik YTH sodir boʻldi. Bu haqda “KazAvtoJol” milliy yoʻl operatori xabar qilmoqda. Voqea natijasida bir nechta avtomobilʻ zarar koʻrgan va ayrim yoʻlovchilar engil jarohat olgan. Ayni vaqtda voqea joyida politsiya xodimlari va “KazAvtoJol” mutaxassislari ish olib bormoqda. Zarar koʻrgan avtomobilʻ egalariga yordam koʻrsatilmoqda va yoʻl harakatini tiklash choralari koʻrilmoqda. Avvalroq, yoʻlning ushbu qismida ob-havo sharoiti yomonligi tufayli barcha transport vositalari harakati cheklangan edi. Keyinroq, yoʻl tozalanib, harakat qayta tiklandi, ammo tezlikka rioya qilinmaganligi sababli yirik toʻqnashuv sodir boʻlgan.

Mavzuga aloqador