2025 yil 3 yanvarʻ kuni Nukus shahrida FVVga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan 19 yoshli askar mast holda tinch aholining uyiga kirib, uxlab yotgan ayolga tegajogʻlik qilgan. 

Ichki ishlar organlarining maʻʻlum qilishicha, Garanin Maksim Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli harbiy qismdan qochib, mahalliy aholiga hujum qilgan.

Taxminan tonggi soat 4:00 da u Danalar koʻchasidagi bir xonadonga noqonuniy ravishda kirib, ayolga tegajogʻlik qilmoqchi boʻlgan. Bu vaqtda uning turmush oʻrtogʻi uygʻonib, askarga toʻsqinlik qilgan. Mast askar pichoq bilan erkakka tashlanib, unga ogʻir tan jarohati etkazgan. 28 yoshli Z.Q. olgan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan.

Shundan soʻng, mast holdagi askar 64 va 37 yoshli ota-oʻgʻilga, keyinroq Aybuyir koʻchasida 68 va 43 yoshli boshqa ota-oʻgʻilga ham hujum qilgan. Hammasi boʻlib olti kishi pichoqlangan, ularning toʻrt nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyidan jinoyat quroli sifatida 20 sm uzunlikdagi chopqi olingan. Gumonlanuvchi qoʻlga olingani aytilmoqda.

Bosh prokuratura hodisa yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) va 25, 97-moddasi (qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) 2-qismi «a, l» bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda harbiy prokuratura tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga aloqador