Qozogʻiston giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashni kuchaytirib, ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslar uchun umrbod qamoq jazosini joriy qildi. Prezident Qosim-Jomart Tokaev ushbu tartibni nazarda tutuvchi qonun loyihasini imzoladi.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev giyohvand moddalarning noqonuniy ishlab chiqarilishi va aylanishiga qarshi kurashni kuchaytirish boʻyicha yangi qonunni imzoladi. Unga koʻra, bu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlik sezilarli darajada oshirildi. 

Bunday jinoyatlar uchun aybdor shaxslar endi mol-mulki musodara qilingan holda 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi yoki umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.

Agar bu jinoyat ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz birinchi marta sodir etilgan boʻlsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllaniladi. Ilgari bu muddat 5 yildan 10 yilgacha boʻlgan.

Voyaga etmaganlarga yoki taʻʻlim muassasalarida giyohvand moddalarni tarqatganlik uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, mol-mulki musodara qilinishi bilan birga jazo tayinlanadi.

Giyohvand moddalarni tarqatishda aybdor deb topilgan mansabdor shaxslarga 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, mol-mulk musodara qilinishi bilan birga jazo tayinlanadi.

Jinoiy guruh tomonidan tarkibida giyohvand moddalar boʻlgan oʻsimliklarni etishtirish uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi.

Giyohvand moddalar, psixotrop moddalar yoki prekursorlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddalar, asbob-uskunalarning noqonuniy aylanishi uchun alohida jazo choralari belgilandi.

Mavzuga aloqador