Qirgʻizistonda dafn marosimlari, toʻy va boshqa oilaviy tadbirlarda isrofgarchilikka qarshi kurashishni taklif qiluvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Qirgʻiziston hukumati mamlakatda ekologik toza va zamonaviy shahar barpo etishga qaror qildi.
Turkiya hukumati Saudiya Arabistoni bilan 6 milliard dollarlik mudofaa shartnomasini tuzishni rejalashtirmoqda. Ushbu kelishuv doirasida Saudiya qirolligi harbiy kemalar, tanklar va raketalarni sotib olishi mumkin.
Oʻzbekiston TUSAŞ (Turkiya aerokosmik kompaniyasi) tomonidan ishlab chiqarilgan ANKA uchuvchisiz uchoqlarini sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi. Dronlarni tez orada etkazib berish boshlanishi kutilmoqda.
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti oʻz faoliyatini boshlaydi.
Kosovoning Liplyan munitsipaliteti turk tiliga rasmiy maqom berish toʻgʻrisida tarixiy qaror qabul qildi.
Turkiyaning Konya viloyatida joylashgan Selchuklu tumanida toʻrt qavatli turar-joy binosi qulab tushdi. Voqea kechqurun sodir boʻlgan boʻlib, hozirda qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni qutqarish ishlarini davom ettirmoqda.
Toshkent shahar Shayxontohur tumani General Uzoqov koʻchasida hashar yoʻli bilan bunyod etilgan Imom Buxoriy nomidagi masjid buzib tashlandi. Mazkur hududda yashovchi fuqarolar holat boʻyicha sudga murojaat qilgan. Biroq negadir sud 29 yanvarga qoldirilgan.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston hududida elektron sigaretalar va nikotin moslamalarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, olib kirish yoki olib chiqish qatʻʻiyan taqiqlanadi.
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdogʻan Anqarada Ruanda prezidenti Paul Kagame bilan oʻtkazilgan yakkama-yakka va delegatsiya uchrashuvlaridan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasi oʻrtasidagi mojaroni hal etishga Turkiya tayyor ekanini taʻʻkidladi.