Ushbu qaror Isroil va HAMAS oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi doirasida qabul qilingan. Kelishuvga muvofiq, Falastinni tark etishi shart boʻlgan mahbuslar Turkiyaga joʻnatiladi.
Avstriya fuqarosi Berner Leonard Turkiyaning Kayseri viloyati muftiyligida oʻtkazilgan maxsus marosimda Islomni qabul qildi va yangi "Musa Bilaleddin" ismini oldi.
Turkiya va Suriya oʻrtasida harbiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Anqara Suriyada ikki harbiy baza qurishni rejalashtirmoqda. Turkiyaning hukumatga yaqin nashrlari xabar berishicha, ushbu bitim doirasida harbiy aerodromlar barpo etilib, ularda 50 ta F-16 qiruvchi samolyoti joylashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 4–5 fevralʻ kunlari rasmiy tashrif bilan Malayziyada boʻladi. Tashrif davomida Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi. Shuningdek, qoʻshma biznes forumi va boshqa muhim tadbirlar rejalashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 maydan boshlab Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) talablari asosida sertifikatlangan mahsulot va xizmatlarga «Halol» belgisini qoʻyishga ruxsat berildi.
Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Ramazon oyining boshlanish sanasini 1 martdan deb eʻʻlon qildi. Boshqarmaga koʻra, Ramazon hayit 30 mart, laylatul qadr kechasi esa 26-27 mart sanasiga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tomonidan «Antiterror-tozalash» tadbirlari oʻtkazildi. Operatsiya davomida 418 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi, 169 kishi qamoqqa olindi, 42 ta jinoiy guruh fosh etildi, 109 nafar qidiruvdagi shaxs qoʻlga olindi. Shuningdek, 80 ta qurol, 30 kg narkotik modda, 186 ta pichoq, 4521 ta kuchli taʻʻsir etuvchi dori vositasi va boshqa noqonuniy buyumlar musodara qilindi.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon rasmiylari ikki davlat fuqarolarining ID kartalarini rasmiy hujjat sifatida tan olish masalasini muhokama qilishdi.
Qayd etilishicha, Kontseptsiya fuqarolarning vijdon erkinligini taʻʻminlash, turli din vakillari oʻrtasida totuvlik va hurmat muhitini yaratish, diniy bagʻrikenglik va dunyoviylikni mustahkamlash maqsadlariga qaratilgan.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston mahkum fuqarolarni bir-biriga topshirish boʻyicha kelishuvni rasmiylashtirdi.