Oʻzbekcha
Qozogʻistonda Ramazon oyining boshlanish sanasi eʻʻlon qilindi
20:24 / 31.01.2025
20913 Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Ramazon oyi 1 martdan boshlanishi, Ramazon hayiti esa 30 mart sanasiga toʻgʻri kelishini maʻʻlum qildi.
Foto: muftyat.kz Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Ramazon oyi 1 martdan boshlanishini maʻʻlum qildi.
Qayd etilishicha, Ramazon oyining birinchi kuni 1 mart sanasiga toʻgʻri keladi. Ramazon hayiti 30 martga, qadr kechasi (Laylatul-Qadr) esa 26-27 mart sanasiga toʻgʻri keladi.
Bundan tashqari, Qurbon hayiti sanalari ham belgilangan — uch kun davom etadigan Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyunga toʻgʻri keladi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Ramazon oyi 11 martdan boshlangan edi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi 2024 yil Ramazon hayiti (Iydul fitr) 10 aprel (shavvol oyining 1 kuni) kuniga toʻgʻri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilagandi.

Mavzuga aloqador