2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti oʻz faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25 yanvarʻ kuni qabul qilingan «Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarorida belgilangan.

Universitetda taʻʻlim jarayoni xalqaro tajriba va standartlarga asoslanadi. Xususan, oʻquv dasturlari xalqaro eʻʻtirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatga kirgan va oʻz sohasida etakchi Turkiya oliy taʻʻlim muassasalarining dasturlari asosida ishlab chiqiladi.

Talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, universitet faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida boshqaruv kengashi tuziladi.

Ushbu universitetning tashkil etilishi turkiy davlatlar oʻrtasidagi taʻʻlim, madaniyat va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Mavzuga aloqador