Qirgʻizistonda “Kemin Siti” nomli yangi ekologik shahar barpo etiladi
Qirgʻizistonda “Kemin Siti” nomli yangi ekologik shahar barpo etiladi
Qirgʻiziston hukumati mamlakatda ekologik toza va zamonaviy shahar barpo etishga qaror qildi. Respublika prezidenti Sadir Japarov bu boradagi tegishli farmonni imzoladi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Loyiha Chuy viloyatining Kemin tumanida amalga oshiriladi va yangi shahar "Kemin Siti" deb nomlanadi. Prezident qaroriga muvofiq, davlat idoralari yoz fasli boshlanguniga qadar 350 gektardan ortiq er maydoni ajratilgan holda shahar kontseptsiyasini tayyorlashi kerak.
Maʻʻlumotlarga koʻra, “Kemin Siti” ekologik toza va energiya tejamkor texnologiyalar asosida quriladi. Loyiha doirasida yashil energetika, zamonaviy infratuzilma va innovatsion transport tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Yangi shaharning qurilishi Qirgʻiziston iqtisodiyotiga va shaharsozlik rivojiga muhim taʻʻsir koʻrsatishi kutilmoqda. Hukumat yangi shahar nafaqat mahalliy aholi, balki investorlar va sayyohlar uchun ham jozibador boʻlishini taʻʻkidlamoqda.
Soʻnggi yillarda Qirgʻiziston hukumati shaharsozlik va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. “Kemin Siti” loyihasi bu yoʻnalishdagi eng katta tashabbuslardan biri boʻlishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻiziston parlamenti deputati havo ifloslanishi va tirbandlik muammolarini hal qilish maqsadida poytaxtni Issiqkoʻl viloyatiga koʻchirish taklifini ilgari surgandi.













