Qirgʻiziston parlamenti deputati poytaxtni Issiqkoʻl viloyatidagi Asman shahriga koʻchirish taklifini ilgari surdi. Unga koʻra, bu chora havo ifloslanishi va tirbandlik muammolarini hal qilishga yordam beradi. Asman shaharini qurish uchun 10 milliard dollar sarmoya jalb qilingan boʻlib, Bishkekdan temir yoʻlni koʻchirish uchun qoʻshimcha 550 million dollar kerak boʻladi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi. Ikki davlat oʻrtasida harbiy sohada 2026-2030 yillarga moʻljallangan strategik sheriklik dasturi imzolandi.
Turkiya Oliy sudi 2017 yilda Istanbuldagi “Reina” tungi klubida 39 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan Abdulqodir Masharipovga 2020 yilda chiqarilgan oʻz kuchida qoldirdi. U 40 ta umrbod qamoq va har bir modda boʻyicha 1368 yil qamoq jazosiga hukm qilgan.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov daʻʻvatchilik faoliyatini cheklovchi qonunni qabul qildi. Hujjatga koʻra, uyma-uy yurib dinga targʻib qilish taqiqlandi. Japarov dinga qarshi emasligini taʻʻkidlab, islomga daʻʻvat hech kimga noqulaylik tugʻdirmaydigan holatda, masalan, toʻy-hasham, janoza, bozor va boshqa gavjum joylarda oʻtkazish zarurligini taʻʻkidladi.
Turkiyaning Bolu viloyatidagi togʻ-changʻi kurortida sodir boʻlgan yongʻin qurbonlari soni 76 nafarga etdi. Mamlakatda bir kunlik motam eʻʻlon qilindi. Oʻzbekiston prezidenti Turkiya rahbariga hamdardlik yoʻlladi.
Gʻazoda erishilgan tinchlik «doimiy» boʻlsa, Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini qayta tiklashi mumkin. Bu haqda seshanba kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi (DEİK) rahbari Nail Olpak maʻʻlum qildi.
Oʻzbekiston Qonunchilik palatasi deputatlari jinoyat ishini yuritish chogʻida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Hujjatga koʻra, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi belgilanmoqda.
Turkiyaning Bolu viloyatidagi togʻ-changʻi kurortida yuz bergan yirik yongʻinda kamida 10 kishi halok boʻldi, 30 dan ziyod kishi jarohatlandi.
Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik isteʻʻmol qilish oqibatida yana 3 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi. Istanbuldagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasining maʻʻlum qilishicha, ularning jasadlarini Oʻzbekistonga yuborish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Qozogʻiston Dumasi kvadrobing bilan bogʻliq muhokamalar natijasida qaror qabul qildi. Mazkur harakatni siyosatchilar shunchaki hobbi yoki sport turi deb baholagan boʻlsa-da, mamlakat musulmonlar diniy idorasi kvadrobingni islom normalariga zid deb topdi.