Markaziy Osiyoning besh respublikasi vakillari Sirdaryo va Amudaryo suv resurslarini taqsimlash boʻyicha protokollar va kelishuvlarni imzoladilar. Unga koʻra, Sirdaryodan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun taxminan 11,9 milliard kub metr suv, Amudaryodan esa, 40 milliard kub metr suv olish rejalashtirilgan.
Saudiya Arabistoni Turizm vazirligi Oʻzbekiston, Tojikiston va yana oʻnga yaqin davlat fuqarolari uchun elektron viza xizmatlari vaqtincha toʻxtatilganini maъlum qildi. Ayni paytda onlayn portal orqali elektron viza olish imkoni toʻsib qoʻyilgan.
Oʻzbekiston shu yilning birinchi choragida $3,57 mlrd qiymatda oltin eksport qildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 34% koʻp. Qimmatbaho metalllar mamlakat umumiy eksportining 44%ini tashkil etdi. Energetika sohasida esa import keskin kamaygan. Neftь va neft mahsulotlari importi $443,1 mlnni tashkil etib, 16%ga qisqargan.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston rasmiylari "Chashma" bulogʻidan erkin va toʻsiqsiz foydalanishi toʻgʻrisida kelishib oldilar. Unga koʻra, Chashma bulogʻi Qirgʻiziston hududida qoladi. Oʻzbekiston fuqarolari esa, buloqdan erkin foydalanishlari mumkin boʻladi.
Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston hukumatlari tarixiy temiryoʻl bitimini imzolamoqchi.
Qozogʻiston Rossiya bilan urushga tayyorlanayotgani haqida ayrim ommaviy axborot vositalarida xabarlar tarqaldi. Unga koʻra, Qozogʻiston goʻyoki Rossiya bilan chegarada “mojaro yuz berishi ehtimoliga” hududiy mudofaa brigadalarini joylashtirmoqda. Respublika Mudofaa vazirligi mazkur holat yuzasidan oʻz munosabatini bildirdi.
BAAning Dubay shahrida Oʻzbekiston fuqarolaridan tashkil topgan ikki guruh oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻldi. Bu haqda tarqalgan xabarlarda mojaro pichoqbozlik bilan yakunlangani, natijada guruhlardan birining etakchisi halok boʻlgani aytilgan.
Hozirda Qozogʻistondan geologlar guruhi Afgʻonistonga yuborilgan. Ular bu erda qattiq foydali qazilmalar mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan hududlarni oʻrganishadi. Afgʻoniston tomoni oʻz navbatida, tabiiy resurslar boʻyicha tasdiqlangan zahiralar haqidagi maъlumotlarni taqdim etishga tayyorligini bildirdi.
Rossiyaning baъzi nashrlarida tarqalgan xabarlarga koʻra, Lavrov "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qoʻyarkan, haykaldagi ingliz tilidagi yozuvga qarab, "bu erga inglizlar qanday kelib qolishdi? Men ruschani koʻrmayapman”, degan.
Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar haqida maъlumot yoʻq. Rasmiy xabarlarga koʻra, birinchi silkinish mahalliy vaqt bilan soat 12:13 da, ikkinchi zilzila esa, soat 12:49 da qayd etilgan.