Qozogʻiston Rossiya bilan urushga tayyorlanayotgani haqida ayrim ommaviy axborot vositalarida xabarlar tarqaldi. Respublika Mudofaa vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi. 


Tarqalgan xabarlarga koʻra, Qozogʻiston goʻyoki Rossiya bilan chegarada “mojaro yuz berishi ehtimoliga” hududiy mudofaa brigadalarini joylashtirmoqda. Mudofaa vazirligi rasmiy tushuntirish berib, “Hududiy mudofaa toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi faqat Qozogʻiston ichki xavfsizligini mustahkamlashga qaratilganini aytdi.


Hududiy mudofaa toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Qozogʻiston milliy xavfsizlik tizimini modernizatsiya qilish doirasida ishlab chiqilgan. Uning maqsadi — ichki barqarorlikni taъminlash, harbiy holat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar sharoitida aholini, infratuzilma obъektlarini va hududiy yaxlitlikni himoya qilish.


Hududiy mudofaa brigadalarini joylashtirish tashqi tahdidlarga javoban emas, balki hududlarning logistika, geografik va demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda, deya izoh berdi vazirlik.


Qozogʻiston Mudofaa vazirligi qonun loyihasi hech qanday davlatga qarshi qaratilmagani va harbiy tahdidlarga munosabat nuqtayi nazaridan qabul qilinmasligi kerakligini aytgan.


Mavzuga aloqador