Mintaqa davlatlari suv resurslarini oʻzaro taqsimlab oldi
Markaziy Osiyoning besh respublikasi vakillari Sirdaryo va Amudaryo suv resurslarini taqsimlash boʻyicha protokollar va kelishuvlarni imzoladilar. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Kelishuvning asosiy maqsadi — qishloq xoʻjaligi erlarini sugʻorishda ekologik tizimlarga zarar etkazmasdan suv taъminotini taъminlashdan iborat.
Manbaga koʻra, 2025 yilgi vegetatsiya davri uchun suv sarfi limitlarini belgilab olingan. Bu davr Markaziy Osiyoda aprel oyidan oktyabr oyigacha davom etadi va oʻsimliklarning oʻsishi, shuningdek, rivojlanishining asosiy bosqichlarini qamrab oladi.
Xabarda aytilishicha, Sirdaryo resurslaridan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun taxminan 11,9 milliard kub metr suv ajratilishi belgilangan boʻlib, bunda Oʻzbekistonga 8,8 milliard kub metr, Tojikistonga 1,9 milliard kub metr, Qozogʻistonga Doʻstlik kanali orqali 909 million kub metr va Qirgʻizistonga esa 270 million kub metr suv yoʻnaltiriladi.
Amudaryodan esa aprel-oktyabr oylarida jami deyarli 40 milliard kub metr suv olish rejalashtirilgan. Mazkur resurslardan Oʻzbekistonga 16 milliard kub metr, Turkmanistonga 15,5 milliard kub metr va Tojikistonga 7 milliard kub metr suv ajratiladi.
Bundan tashqari, Amudaryo deltasiga va Orol dengiziga 2,1 milliard kub metr suv yuborilishi taъminlanadi, deyiladi xabar matnida.
Hujjatlarda, shuningdek, vegetatsiya davridan tashqari davrda Amudaryo suvlaridan foydalanish koʻrsatkichlari ham aks ettirilgan. Mutaxassislarning maъlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻzlariga ajratilgan limitlarning 90 foizidan ortigʻini ishlatgan, Tojikiston esa limitining 80 foizidan kamroq qismidan foydalangan.













