Istanbuldagi IDEF2025 koʻrgazmasi paytida imzolangan kelishuv ikki davlat oʻrtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Unga koʻra, Ozarbayjon Turkiyaning Baykar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qiladi.
Oʻzbekistonda 2025 yil yanvarь iyunь oylarida 405,5 ming chaqaloq tugʻildi. Shundan 209,6 ming nafari oʻgʻil (51,7 foiz), 195,9 ming nafari (48,3 foiz) qiz bolalar. Shahar joylarida 197,8 ming, qishloqlarda 207,7 ming chaqaloq dunyoga kelgan. Joriy tugʻilishlar soni 2024 yil mos davriga nisbatan 14,4 ming nafarga, 2023 yil I yarmiga qaraganda 29,1 ming nafarga kamaygan.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Malayziya Markaziy banki rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazib, islomiy bank tizimi va moliyaviy tartibga solish borasidagi asosiy hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildi. Uchrashuvda Malayziya tajribasi – islomiy banklar va moliyaviy institutlarga litsenziya berish, ularni nazorat qilish va tartibga solish jarayonlari batafsil oʻrganildi. Xususan, Shariat tamoyillariga rioya etilishi va islomiy moliya tizimidagi likvidlikni samarali boshqarish mexanizmlariga alohida eъtibor qaratildi.
Yana bir yangilik: biz talabalarning arab tilini ikki yilda emas, bir yilda oʻrganishlari uchun takomillashtirilgan taъlim dasturini ishlab chiqdik. Arab tili va islomiy ilmlarni tez fursatda oʻrganish istagidagi doʻstlarimiz ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib qolishlari mumkin. Mezana – millat manfaati va oʻz qadriyatiga ega avlod uchun! Telefon: +90 538 895-97-57 Telegram: @mezana_qabul
Oʻzbekistonda joriy yilning olti oyi davomida nikohdan oʻtganlar soni kamayib, ajrimlar soni koʻpaygan. Milliy statistika qoʻmitasining maъlum qilishicha, joriy yilning yanvarь-iyunь oylarida qayd etilgan nikohlar soni 95,3 mingtani tashkil etgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 2,1 mingtaga kamaygan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning ukrain xalqini "hech qachon okkupatsiyaga rozi boʻlmaslik", "taslim boʻlmaslik" va "hududiy yaxlitlik buzilishiga yoʻl qoʻymaslik" haqidagi chaqiruvi Rossiyada jiddiy muhokamalarni keltirib chiqardi.
Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Kobul shahrida Afgʻoniston mudofaa vaziri Mulla Muhammad Yoqub bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda tomonlar chegaraviy hamkorlik, oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish va boshqa tegishli masalalar yuzasidan fikr almashgan. Shuningdek, Bahodir Qurbonov qoʻshni mamlakat ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy bilan ham uchrashuv oʻtkazgan.
Ikki nomaъlum saxovatpesha Tatarstondagi masjid qurilishi uchun qariyb 320 ming dollar pul yoʻnaltirdi.
"Oʻzbek birodarlarimizning qoʻllovi biz uchun juda muhim. Qorabogʻni tiklash yoʻlidagi ilk sovgʻani Oʻzbekiston bergan. Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Fuzuliyda 960 oʻquvchiga moslashgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi maktab ochgandik", degan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Xonkendida oʻtkazilgan mediaforumda.
Oʻz postlarida Anora Sodiqovaga nisbatan haqoratli soʻzlar ishlatgan bloger Mirsaid Haydarovga (Mufasa) 25 mln soʻm maъnaviy zarar va 5 mln soʻm boshqa xarajatlarni qoplash majburiyati yuklatilgan. Shuningdek, endi Mirsaid Haydarov jurnalistdan uzr soʻrab, oldingi postlarini oʻchirishi kerak boʻladi.