Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytadilar: “Arab tilini oʻrganinglar. Chunki u diningizning bir qismidir”. Va yana aytadilarki: “Arab tilini oʻrganinglar va uni insonlarga ham oʻrgatinglar”.

Saolibiy rahimahulloh ham “Til fiqhi” kitobida arab tili haqida shunday deydi:

“Allohni yaxshi koʻrgan kishi Uning paygʻambarini yaxshi koʻradi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni yaxshi koʻrgan kishi arablarni yaxshi koʻradi. Arablarni yaxshi koʻrgan kishi esa arab tilini yaxshi koʻradi. Arab tili shunday tilki, kitoblarning eng afzali arab tilida nozil boʻlgan va u arab boʻlmagan insonlarning eng afzali boʻlgan zotga nozil qilingan”.

Biz ham Mezana Xalqaro Islomiy Ilmlar Akademiyasining madrasa boʻlimida tahsil olayotgan talabalarga bu borada koʻmakchi boʻlib, ularni akademiyaning “Islomiy ilmlar” taъlimi bosqichiga tayyorlaymiz.

Yana bir yangilik biz talabalarning arab tilini ikki yilda emas, bir yilda oʻrganishlari uchun takomillashtirilgan taъlim dasturini ishlab chiqdik. 

Arab tili va islomiy ilmlarni tez fursatda oʻrganish istagidagi doʻstlarimizni ushbu  imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga chaqiramiz.

Sharъiy bilimlarda arab ham, arab boʻlmagan ham barobardir. “Arab tili Qurъon tilidir. Shuningdek, u jannat ahlining ham tili deyiladi. Namoz ham, azon ham, iqomat ham arab tilidan boshqasida qabul boʻlmaydi.

Ushbu akademiya uzoq oʻlkalardan kelgan tolibi ilmlarning sharъiy ilmlar va arab tilini oʻrganishi uchun munosib dargohdir.

Talabalar Mezana Akademiyasiga keliboq arab tilidan saboq oladi. Baъzilari olti oy oʻtib arab tilini tushuna boshlaydi, hatto oʻrta darajada soʻzlashadi. Bir yarim yil yoki ikki yil oʻtib xuddi arablarday soʻzlash darajasiga erishadi.

Aslida bu ilmni haqiqiy mutaxassis boʻlgan rabboniy ulamolar uslubida oʻrganish foydalidir.

"Bir ajam talabani koʻrganman. Men bilan gaplashganda uni Damashq ahlidan deb oʻylardim. Fushada bexato soʻzlashadi. Tilida mutlaqo aktsent yoʻq. Bir kuni “Qaerdansan?” deb soʻradim. U “Eronlikman”, deb javob berdi.

Shunda undan “Arab tilidan qaysi qoʻllanmalarni oʻqiysizlar?” deb soʻraganimda, u “Ibn Hishomning kitoblarini”, deb aytgandi. U xuddi mening darajamda soʻzlashardi. 

Shuning uchun men barcha ilm istovchilarga oʻquv yili boshidan qolmay darslarda qatnashishlarini tavsiya etardim. 

Shuningdek, farzandlarining dunyo va oxiratda saodatmand boʻlishidan umidvor birodarlarimizga ularni mana shu kabi oʻquv dargohlariga yuborishini tavsiya qilaman", deydi Arab tili va balogʻat ilmi boʻyicha mutaxassis ustoz Ahmadul Ahmad. 

Bu akademiya arab tilini oʻrganishga alohida eъtibor qaratadi. Chunki arab tilini oʻrganish va mukammal oʻzlashtirish – sharъiy ilmlarning barchasini anglash va chuqur tushunish uchun asosiy eshikdir.

Kimki arab tilida etarli bilimga ega boʻlmasa, u boshqa diniy ilmlarda qanchalik mohir boʻlmasin, ilmidan nuqson topiladi.


Maъlumot uchun, Mezana Xalqaro Ilmlar Akademiyasida 1 yillik madrasa qabuli davom etmoqda.

1 yillik madrasa bosqichida talabalarimiz arab tilini oʻrganish va sharъiy ilmlar tahsilida muhim saviyaga ega boʻladilar. Ushbu boshlangʻich taъlimni olgan talabalarimiz Mezananing akademiya bosqichiga imtihonsiz qabul qilinadilar!

Mezana – millat manfaati va oʻz qadriyatiga ega avlod uchun!

Telefon: +90 538 895-97-57

Telegram: @mezana_qabul

Mavzuga aloqador