Xitoyning Shensi provintsiyasi hukumati tomonidan Oʻzbekiston yoshlari uchun 1,8 million AQSh dollari miqdorida taъlim granti ajratildi.
Ayollar tomonidan aliment toʻlanishi holatlari boʻyicha eng koʻp koʻrsatkich Samarqand viloyatiga toʻgʻri keladi. Undan keyingi oʻrinlardan Fargʻona, Surxondaryo va Andijon viloyatlari joy olgan.
2025 yil yanvarь-iyunь oylarida Oʻzbekistonda sudlar tomonidan 204 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi. Taqqoslash uchun, 2024 yil I yarmida 465 kishi oqlangan edi. Mazkur raqam joriy yilning dastlabki davridagiga qaraganda 2,5 baravar koʻp. Statistik raqamlarga koʻra, 2023 yilning ilk olti oyida 564 nafar, 2022 yil mos davrida 468 nafar shaxs oqlangan.
Kobulda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afgʻoniston bosh vaziri Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv davomida savdo, gumanitar hamkorlik va mintaqaviy bogʻliqlikni rivojlantirish, jumladan, “Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston” temiryoʻli boʻyicha hadli bitim masalalari muhokama qilingan.
29 may kuni Tagizade mintaqaviy parlament yigʻilishida oʻzbekistonlik migrantlar “oʻzlarining tarixiy vataniga” Yugraga kelayotganini bildirgan. U bir paytlar Yugra va Tyumen viloyatining bir qismi Sibir xonligi tarkibiga kirganini qoʻshimcha qilgan. “Kommersantъ”ning xabar berishicha, deputatning qarori jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab boʻlgan. Avvaliga u ekstremizmda gumon qilinib tergovga tortilgan, soʻngra esa maoshidan ayrilgandi. Biroq prokuratura ham, Ichki ishlar vazirligi ham uning soʻzlarida jinoyat alomatlarini aniqlamagan.
Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari oʻrtasidagi ilk uch tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 18 yoshdan kichik bolalarning diniy taъlim olishi uchun hech qanday qonuniy yoʻl mavjud emas.
Kuni kecha Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida gaz quyish shoxobchasida portlash, uning ortidan yongʻin yuzaga kelgan, 4 nafar fuqaro halok boʻlgan edi.
Xitoy hukumati janubiy Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatidagi "kasb-hunar oʻrgatish markazi" niqobidagi qamoqxonalarini kengaytirish uchun markaziy byudjetdan 70 million yuan ajratdi.
2025 yil yanvarь–may oylarida Oʻzbekistonga 4,2 million nafar chet el fuqarolari sayohat uchun kelgan. Bu koʻrsatkich 2024 yil mos davridagiga qaraganda 1,4 million nafarga (48,2 foiz) koʻp.