Kecha, 17 iyulь kuni Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari oʻrtasidagi ilk uch tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

TIV rahbari Baxtiyor Saidovning maъlum qilishicha, uchrashuv yakunida rasmiylar oʻrtasida "Trans-Afgʻon" temir yoʻli loyihasi boʻyicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqishga doir uch tomonlama hadli bitim imzolangan. Mazkur loyiha savdoni kuchaytiradi, Afgʻonistonning iqtisodiy tiklanishini qoʻllab-quvvatlaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yoʻl ochadi, deyiladi, xabarda. 

Saidovning ushbu tashrifi chogʻida Afgʻoniston bosh vaziri Muhammad Hasan Oxund bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador