Bugun, 21 iyulь kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi Anora Sodiqova daъvosi yuzasidan birinchi instansiya sudi chiqargan qarorni bekor qildi. Bu haqda "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov maъlum qildi.

Qayd etilishicha, apellyatsiya sudi jurnalist Anora Sodiqovaning Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati vakili, bloger Mirsaid Haydarov ustidan kiritgan daъvo arizasi boʻyicha yangi qaror chiqargan.

Qayd etilishicha, sud ish yuzasidan yangi qaror chiqarib, oʻz postlarida Anora Sodiqovaga nisbatan haqoratli soʻzlar ishlatgan bloger Mirsaid Haydarovga (Mufasa) 25 mln soʻm maъnaviy zarar va 5 mln soʻm boshqa xarajatlarni qoplash majburiyatini yuklagan. Shuningdek, Mirsaid Haydarov jurnalistdan uzr soʻrab, postlarini oʻchirishi kerak boʻladi.

Maъlumot uchun, shu yilning 28 may kuni FIB Shayxontohur tumanlararo sudi Anora Sodiqovaning daъvosini rad etgandi.

Mavzuga aloqador