Masjid qurilishiga katta miqdorda pul berganlar nomi sir tutilishini xohladi
Ikki nomaъlum saxovatpesha Tatarstondagi masjid qurilishi uchun qariyb 320 ming dollar pul yoʻnaltirdi. Bu haqda chelny-biz.ru nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Naberejnie Chelni shahrida qurilayotgan jome masjidi uchun soʻnggi uch oyda jami 36 million rublь miqdorida xayriya mablagʻlari yoʻnaltirilgan.
Shu mablagʻlarning 25 million rubli ikki nomaъlum homiy tomonidan hadya qilingan.
Bundan tashqari:
4 million rublь miqdordagi mablagʻ jome masjidi jamoatchiligi tomonidan toʻplangan;
qariyb 400 ming rublь – "Challi Yar" masjidi namozxonlari tomonidan xayriya qilingan;
2 million rublь – "Tatprof Invest" va "TFK Feniks" kompaniyalari tomonidan ajratilgan.
Maъlumot uchun, ushbu jome masjidi uzoq muddatli loyiha hisoblanadi. 2025 yil iyulь oyida obъektga Tatariston respublikasi rahbari Rustam Minnixanov tashrif buyurib, qurilishni yakunlashga davlat yordamini koʻrsatish boʻyicha koʻrsatma bergan.













