Tahlil
-
Har yili 9 may yaqinlashgani sari ayrim sobiq sovet davlatlarida “Oʻlmas polk” mashmashasi boshlanadi. Bu yurish qaerdadir taqiqlanadi, tashkilotchilar esa odatdagidek norozilik bildirib, gʻalva koʻtaradi. Baъzilar: "Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarini xotirlashning nimasi yomon?" deb soʻrashadi. Aslida sovetcha harbiy forma, askarlarning suratlari, Georgiy lentasi, urushni va Sovet Ittifoqini esga soluvchi boshqa razmlar... Bularning barchasi haqiqatdan ham beozormi?..
-
Bugun, 7 mayga oʻtar kechasi Hindiston Pokiston tomonidan boshqariladigan Kashmirdagi bir nechta nuqtalarga raketa zarbalarini berdi. Tahlilchilarga koʻra, bu voqea yadro quroliga ega ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning sezilarli darajada yomonlashganini va ularning toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy harakatlarga kirishganini koʻrsatadi. Hindiston va Pokistonning asosan musulmonlar istiqomat qiluvchi Jammu va Kashmirdan tashqari ham boshqa konflikt nuqtalari bor: chunki asrlar davomida hindlar va pokistonliklar oʻrtasidagi qorishganlik darajasi yuqori emas. Bu esa oʻzaro ziddiyatni yanada olovlantirmoqda. Oʻtgan asrda yadroviy toʻqnashuv AQSh va SSSR oʻrtasida modellashtirilgan boʻlsa, hozirda bunday toʻqnashuv boʻlishi mumkin boʻlgan davlatlar deb Hindiston va Pokiston deb koʻriladi.
-
Isroil qamoqxonalari shafqatsizlikda odamlarni ajratib oʻtirmaydi. Falastinliklar – yoshi, jinsi yoki siyosiy mansubligidan qatъi nazar – shunchaki falastinlik boʻlgani uchun qattiq jismoniy va ruhiy zoʻravonlikka duchor boʻladilar. Bolalar, keksalar va siyosatga hech qanday aloqasi boʻlmaganlar jangchilar bilan bir xil shafqatsiz muomalaga duchor boʻladilar.
-
Bu hududda foydali qazilmalar, neft va gaz, baliqchilik va boshqa resurslar juda koʻp. Biroq uning strategik joylashuvi xalqaro kuchlarni yanada koʻproq oʻziga rom qilmoqda. Jahon savdosi, ayniqsa neft savdosi uchun muhim boʻlgan dengiz yoʻllari nuqtai nazaridan qaralganda, Somali va Somalilend Qizil dengiz va Adan koʻrfaziga juda yaqin joylashgan. Bunga qoʻshimcha ravishda, Qizil dengizning narigi tomonidan husiylarning Falastin ishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ayrim kemalarga hujum qilishi vaziyatni yanada murakkablashtirdi.
-
Pokiston va Hindiston oʻrtasidagi tarixiy Kashmir nizosi yana avjiga chiqdi. Nьyu-Dehli sayyohlarga qilingan hujum uchun Pokistonni ayblar ekan, Islomobod xalqaro tergov talab qilmoqda. Bu orada esa yadro qurollariga ega ikki qoʻshni davlat oʻrtasidagi tortishuv butun mintaqani halokat ostonasiga olib kelishi mumkin. Siyosatshunos Abduvali Soyibnazarov maqolasidan.
-
Tarixda dunyo tartibi va kuchlar muvozanatida sezilarli oʻzgarishlar koʻp marta yuz bergan boʻlsa-da, hozirgi vaziyat misli koʻrilmagan darajada. Zero, ilk bor kuchlar muvozanatidagi katta oʻzgarish butun dunyoni yoʻq qilish qudratiga ega ommaviy qirgʻin qurollari mavjud boʻlgan sharoitda roʻy berishi mumkin.
-
Kichkinagina parazit javohir ari nisbatan yirik boʻlgan suvarak tanasiga zahrini yuborib, uni mitti arichalar voyaga etadigan tirik boshpanaga aylantiradi. Isroil xuddi shunday javohir parazit arining zamonaviy muqobilidir — u oʻz xoʻjayini (AQSh)ga ong oʻzgartiruvchi zahar yuborib, uni parazitizmni qabul qilishga va oxir-oqibat oʻlimiga sababchi boʻlmoqda. Agar biz Isroilga millatimizni asoschi-otalarimiz orzu qilgan erkin millatni emas, balki zombillashgan koʻrinishdagi millatga aylantirishiga qoʻyib bersak, shunchaki oʻzaro ommaviy halokatimizni engillashtirgan boʻlamiz. Amerikalik yozuvchi, AQSh dengiz piyodalari korpusining sobiq razvedka ofitseri Skott Ritter maqolasidan.
-
Islom va liberalizm – har ikkalasi ham insonni ozod qilishga intiladi, ammo ular erkinlikning manbasi va maqsadlarini turlicha talqin qiladi: Islomda erkinlik — maъnaviy va ichki holat boʻlib, inson mutlaq haqiqatga bogʻlanganidagina haqiqiy ozodlikka erishadi. Liberalizmda esa erkinlik — tashqi mustaqillik boʻlib, inson har qanday tashqi taъsirdan xoli boʻlishga intilganida yuzaga chiqadi.
-
Boku Qozogʻiston bilan birgalikda Tel-Aviv neftь ehtiyojining 60 foizdan ortigʻini taъminlab kelmoqda. Bu koʻrsatkich 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning Gʻazo va Livandagi shafqatsiz harbiy harakatlari tufayli yanada oshdi. Buning evaziga Isroil Ozarbayjonni zamonaviy qurollar bilan taъminlaydi. Bu qurollar Bokuning 2020 va 2023 yillardagi urushlarda Armaniston ustidan zafar quchishida muhim rol oʻynadi.
-
Psixologlarning taъkidlashicha, til oʻrganish faqat lugʻaviy emas, balki hissiy tafakkurga ham taъsir qiladi. Inson yangi tilda fikrlay boshlaganida, ushbu tilga xos his-tuygʻular va reaktsiyalar ham ongida aks etadi. Shu sababli oʻz tilida fikrlamaydigan yoshlar oʻz xalqi ruhiy merosidan uziladi.





















