Dunyo tartibi va kuchlar muvozanati oʻzgarmoqda. Bu nimadan darak?
Tarixiy nuqtai nazardan, kuchlar muvozanatida sezilarli oʻzgarish yuz berayotgan chogʻda urush ehtimoli ortishi mumkin. Dunyo hozir mana shunday pallada turibdi.
Hozirgi davr va yaqin kelajak dunyodagi kuchlar muvozanatining oʻzgarishi nuqtai nazaridan tez-tez muhokama qilinmoqda. Shu bilan birga, katta urush ehtimoli ham tobora koʻproq tilga olinmoqda.
Tarixda dunyo tartibi va kuchlar muvozanatida sezilarli oʻzgarishlar koʻp marta yuz bergan boʻlsa-da, hozirgi vaziyat misli koʻrilmagan darajada. Zero, ilk bor kuchlar muvozanatidagi katta oʻzgarish butun dunyoni yoʻq qilish qudratiga ega ommaviy qirgʻin qurollari mavjud boʻlgan sharoitda roʻy berishi mumkin.
Shu bois, agar kuchlar muvozanatidagi kutilayotgan evrilish hal qiluvchi bosqichga etsa, vaziyatni nazorat qilish va boshqarish orqali urush, ayniqsa katta va halokatli urush ehtimolining oldini olish nihoyatda muhim boʻlib qoladi.
Endi bu masalani chuqurroq koʻrib chiqish uchun bir qancha savollarga javob berish kerak boʻladi...
Dunyoda kuchlar muvozanatida sezilarli oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Mazkur sharoitda urush kelib chiqish ehtimoli mavjudmi?
Bunday paytlarda katta urush ehtimoli ortadi, chunki yirik raqobatdosh tomonlar kuchlar muvozanatidagi oʻzgarishlarni tezlashtirish yoki toʻxtatishga intiladi. Bunday davrda taranglik va shubhalar keskin koʻpayadi, bu esa, oʻz navbatida, urush ehtimolini oshiradi. XIX asrda Britaniya dunyoning etakchi davlati edi, ammo XX asrning birinchi yarmida bunga boshqa tez rivojlanayotgan va shuhratparast kuchlar, xususan Germaniya qarshi chiqdi va bu davrda ikkita jahon urushi sodir boʻldi.
Biroq diplomatiya va tinchlikka intilish orqali kelgusidagi katta urushlar ehtimolining oldini olish mumkin. 1990-yillarda Sovet Ittifoqining parchalanib ketishini qatъiy maъnoda kuchlar muvozanatidagi oʻzgarish deb atab boʻlmasa-da, bu jahon siyosiy maydonida juda katta oʻzgarish edi. Buni Germaniyaning birlashuvi bilan bir qatorda, bir tomondan Gorbachyov boshchiligidagi Sovet rahbarlarining tinchlikka intilishi, boshqa tomondan esa bir qator yuqori martabali Gʻarb diplomatlari tufayli butunlay tinch yoʻl bilan amalga oshirish mumkin boʻldi.
Hozir esa dunyodagi kuchlar muvozanatida juda muhim oʻzgarishlar yuz bermoqda. Buni bir qancha darajada kuzatish mumkin. Bir qarashda buni Gʻarbdan Osiyoga siljish sifatida koʻrish mumkin boʻlsa-da, koʻpincha mazkur mavzu AQShdan Xitoyga oʻtish nuqtai nazaridan tilga olinadi. Baъzi tahlilchilar kuchlar muvozanatining NATO davlatlaridan BRIKS aъzolariga oʻtishi haqida ham gapirmoqda. Bu borada aniq bir narsa deyish qiyin, ammo bu taxminlar orqali sodir boʻlishi mumkin boʻlgan voqea-hodisalar haqida tasavvur hosil qilish mumkin.
Bunday oʻzgarishning muhim jihatlari nimalardan iborat?
Bunday oʻzgarish koʻpincha ikki yoʻnalishda – iqtisodiy va harbiy jihatdan muhokama qilinmoqda. Biroq yana bir muhim jihatlar ham mavjud, jumladan diplomatiya, boshqa mamlakatlarning doʻstligi va xayrixohligi, yumshoq kuch, demokratiya, ommaviy axborot vositalari taъsiri va hokazolar.
Harbiy muvozanat qanday oʻzgarmoqda?
AQSh oʻzining ulkan harbiy byudjeti va eng halokatli qurollarning katta zaxiralari tufayli etakchi harbiy kuch hisoblanadi. Biroq korruptsiya bu ulkan byudjetning sezilarli qismini emirib yubormoqda va AQSh Vьetnam hamda Afgʻonistonda mahalliy aholining matonatli qarshiligi tufayli urushlarda gʻalaba qozona olmadi. Xitoy esa tez surъatlarda rivojlanayotgan sanoat iqtisodiyoti resurslariga mos keladigan ulkan qurolli kuchlar tizimiga ega. Ikkala davlatda ham yirik yadro qurollari mavjud, ammo AQShning yadro qurollari soni bir necha barobar koʻp. AQSh Xitoyni Osiyo ittifoqchilari va Avstraliya yordamida qurshab olishga harakat qildi, ammo yalpi urush ehtimoli tugʻilganda, bu ittifoqchilar harakat qilishni paysalga solishi mumkin. AQSh qogʻozda ancha-muncha harbiy ustunlikka ega boʻlsa-da, Xitoyga uzoq masofadan hujum qilgan taqdirda qiyinchilikka duch kelishi muqarrar. Oʻzining xavfsiz geografik joylashuvida AQSh yadroviy boʻlmagan urushda Xitoyning (yoki boshqa davlatning) bostirib kirishi ehtimolidan qoʻrqmaydi. Umuman olganda, eng oqilona taklif – bu ikkala davlatdan ham urushdan butunlay voz kechishni soʻrashdir.
Bu davlatlar oʻrtasidagi oʻta halokatli urush ikkalasini ham shu darajada zaiflashtirib qoʻyishi mumkinki, natijada boshqa oʻyinchilar ularni maydondan chiqarib yuborishi hech gap emas. Zero 1914-1944 yillarda Britaniya ham, Germaniya ham oʻzaro urushlar tufayli juda zaiflashdi, bu esa AQShning birinchi raqamli kuch sifatida maydonga chiqishi uchun zamin tayyorladi.
Iqtisodiy kuchning oʻzgarayotgan muvozanati nimadan iborat?
Yuqori oʻsish surъatlari tufayli Xitoy yalpi ichki mahsulot hajmi boʻyicha AQShdan oʻzib ketdi va hozirda eng yirik sanoat kuchiga aylandi. AQShda esa yuqori qarzlar, byudjet va savdo taqchilligi xavotirli darajada oshib ketdi. Ushbu omillar va dollar hukmronligidan masъuliyatsiz, tajovuzkorona foydalanish natijasida AQSh valyutasining dunyodagi etakchi zaxira pul birligi sifatidagi mavqeiga jiddiy putur etdi. Baъzi kuzatuvchilarning fikricha, endilikda Xitoy valyutasi asta-sekinlik bilan jahon zaxira valyutasi sifatida qabul qilina boshlashi mumkin, AQSh esa bunga yoʻl qoʻymaslikka va dollarning jahondagi kuchli mavqeini saqlab qolishga qatъiy qaror bergan.
Shu bilan birga, soʻnggi paytlarda AQSh va Xitoy bir-birini toʻldiruvchi rollarni qabul qilishdan tezda uzoqlashib, savdo-iqtisodiy masalalarda tobora dushmanlashib bormoqda, bu voqelikni yaqinda boʻlib oʻtgan tarif urushida ham yaqqol koʻrish mumkin.
Harbiy va iqtisodiy kuchlar oʻrtasida nomutanosiblik yuzaga kelmoqdami va buning oqibatlari qanday boʻlishi mumkin?
Uzoq vaqt davomida AQSh iqtisodiy jihatdan ham, harbiy jihatdan ham, shubhasiz, etakchi davlat boʻlib keldi. U hamon etakchi harbiy kuch boʻlsa-da, endilikda uning iqtisodiy qudratiga putur etdi va AQSh dollarining hukmronligi ham tahdid ostida qoldi. Bu esa AQShni, ayniqsa toʻplangan katta qarzlari, savdo va byudjet taqchilligi sharoitida yanada koʻproq tashvishga solmoqda. Mamlakat etakchi harbiy kuch boʻlsa-yu, iqtisodiy qudratda ortda qolsa, u oʻzining harbiy qudratidan foydalanib, yana etakchi iqtisodiy kuch sifatida qayta paydo boʻlishga intilishi mumkin. Albatta, bu na oqilona, na xavfsiz. Biroq bunday vasvasa paydo boʻlishi mumkin va bunday nomutanosiblik xavfli vaziyatni yuzaga chiqarishi aniq.
Axloqiy nuqtai nazardan qaysi tomon afzalroq va biz kimning tarafida turishimiz kerak?
Har qanday taqqoslashda boʻlgani kabi, ikkala tomon ham oʻzining ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Biroq AQSh soʻnggi oʻn yilliklarda etakchi imperialistik kuch boʻlib kelgan va oʻzining butunlay oldini olish imkoni bor, oʻylamasdan qilingan, tugamaydigan urushlari tufayli millionlab odamlarning oʻlimiga sababchi boʻldi. Boshqa tarafdan, Xitoy ham bir qator vaziyatlarda oʻta axloqsiz, gʻayriinsoniy ishlarga qoʻl urgan. Uygʻurlarga qilingan va qilinayotgan zulmlar bunga dalil. Demak, bu erda muhimi kim yaxshiroq ekanligi haqidagi cheksiz munozaralar asosida biror tomonni yoqlab chiqish emas, balki barcha bahsli masalalarni tinch yoʻl bilan hal etish imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga harakat qilish va shu orqali urushdan qochish ehtimollarini koʻpaytirishdir. Biz u yoki bu tomonni yoqlab chiqishimiz emas, balki jahon ishlarida hukmronlik qilishga urinayotgan har qanday alohida mamlakatning butun gʻoyasiga qarshi gapirish, lozim boʻlganda qarshi turish yoʻllarini topishimiz kerak.
Muhammad Dovud Asadulloh