Tahlil
-
AQSh davlat kotibi Marko Rubio 20 may kuni Kongressda qilgan chiqishida Suriyada davlat toʻntarishi sodir boʻlishi ehtimoli borligini taъkidladi. U Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa boshchiligidagi hukumatni kim zaiflashtirishi mumkinligi haqida aniq maъlumot bermadi. Biroq Damashq oldida turgan ikki asosiy tahdidni sanab oʻtdi.
-
Shu yil bahorida AQSh prezidenti Donalьd Tramp Qizil dengizda husiylarni tiyish va kema qatnovi erkinligini taъminlashga vaъda berib, “Qoʻpol chavandoz” nomli keng koʻlamli harbiy operatsiyani boshladi. Qiymati 1 milliard dollardan oshgan va aviatashuvchi zarba guruhlari, B-2 bombardimonchi samolyotlari hamda zamonaviy raketalarni oʻz ichiga olgan ushbu kampaniya husiylarning harbiy salohiyatini yoʻqqa chiqarishi kerak edi. Biroq operatsiya boshlanganidan atigi ikki oy oʻtib, 6 may kuni Tramp kutilmaganda husiylar bilan oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishuvni eъlon qildi. Bu kelishuv Isroilni chetlab oʻtgan holda amalga oshirildi va pirovardida AQSh-Yaman mojarosiga chek qoʻydi.
-
15 may kuni Rossiya – Ukraina urushiga barham berish maqsadida Turkiya mezbonligida tashkil etilgan tinchlik muzokaralari xalqaro jamoatchilik eъtiborini oʻziga tortdi. Biroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham, AQSh prezidenti Donalьd Tramp ham sammitda ishtirok etmadi. Bu holat bu boradagi umidlarni soya ostida qoldirdi. Turkiya va AQSh ishtirokida oʻtishi rejalashtirilgan ushbu muhim sammit etakchilar ishtirokisiz faqat hayъatlar darajasidagi uchrashuvga aylandi. Xoʻsh, bu muzokaralar nega etakchilarsiz oʻtkazildi, Putinning Turkiyaga kelmaslik qarori nimani anglatadi?
-
Bugungi dunyo, bloklar, ittifoqlar, mafkuralar yoki qutblar oʻrtasida ajralmagan. Yaъni bugungi kunda saflar sovuq urush davridagidek keskin emas. Masalan, Vьetnam harbiy sohada Xitoyga qarshi AQSh bilan hamkorlik qilmoqda, biroq Ukraina masalasida Rossiya tomonida turadi. Turkiya esa Ukraina urushida Kievni qoʻllab-quvvatlash bilan birgalikda Ukraina va Rossiya oʻrtasida vositachilik ham qilmoqda va bu xuddi “don kelishuvi”da boʻlgani kabi butun dunyo uchun muhim boʻlgan bitimlar orqali ikki mamlakatni birlashtirishda faol rol oʻynay oladi. Eron masalalari boʻyicha mutaxassis, tadqiqotchi va jurnalist Ramazon Bursaning "Al Jazira" nashrida eъlon qilingan maqolasidan.
-
Ukraina va Rossiya Turkiyada tinchlik muzokaralari uchun uchrashmoqda. Bu safar AQSh prezidenti Donalьd Tramp muzokaralarga qoʻshilish uchun uchib kelishi mumkinligini bildirdi. Oxirgi bor bu ikki davlat Turkiyada bundan uch yil oldin uchrashgan, ammo unda tomonlar oʻzaro murosaga kelolmagandi.
-
Jorj Orvellning “1984” asari bilan tanish boʻlgan har bir kishi unda tasvirlangan parchalangan dunyo haqida yaxshi biladi. Bu dunyoda yirik iqtisodiyotlar alohida, qalъasimon orollar sifatida faoliyat yuritib, uchta geosiyosiy superdavlat: Okeaniya, Evrosiyo va Sharqiy Osiyoga birlashgan. Bu tuzilmalar hal qiluvchi gʻalabalarni qoʻlga kiritish uchun emas, balki ichki nazoratni kuchaytirish, ortiqcha mablagʻ va resurslarni sarflash hamda taqchillikni saqlab qolish uchun doimiy ziddiyat va muzokaralarga kirishgan. Bu holat Charlz Tillining "barqaror tengsizlik" nazariyasini yodga soladi, unda mustahkam ierarxiyalar ekspluatatsiya va cheklovlar orqali saqlanib qoladi. Savdo urushlari va iqtisodiy qayta koʻrib chiqishlar davom etib turgan bugungi global tartib xuddi shunday stsenariyga qarab ketayotganga oʻxshaydi.
-
Sisse shunchaki oʻldirilmadi, balki muqaddas joyda nishonga olindi. Juma namozi uchun masjidni tozalagandan soʻng kuzatuv kameralarida u boshqa bir erkakka namoz oʻqishni oʻrgatayotgani koʻrinadi. Sisse sajdaga bosh qoʻyganida, narigi odam oʻzini namoz oʻqiyotgandek koʻrsatib, yonidan pichoq chiqardi va unga 57 marta pichoq urdi hamda islomofobik haqoratlar bilan baqirdi.
-
Hindiston koʻproq sonli armiyaga ega va unda Pokistonga nisbatan koʻproq harbiy texnika bor. Lekin bu Hindiston armiyasi kuchliroq deganimi? Bu ikki davlat armiyalari harbiy qudrat jihatidan qanday nisbatga ega?
-
Har yili Moskvaning Qizil maydoni Rossiyaning eng mashhur anъanalaridan biri – Sovet Ittifoqining Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozongan gʻalabasini nishonlaydigan Gʻalaba kuni sahnasiga aylanadi. Biroq, tosh koʻchalardan tanklar oʻtayotgan va Kreml devorlari ostida harbiy orkestr sadolari yangrayotgan bir paytda, aytish mumkinki, bu tadbir tarixiy xotiralardan koʻra koʻproq geosiyosiy maъno kasb etmoqda. Davom etib turgan mojarolar va oʻzgarayotgan ittifoqlar fonida bu yilgi tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ishtiroki mintaqaning Rossiya Federatsiyasi bilan nozik munosabatlarini aks ettiradi. Ammo savol tugʻiladi: shon-shuhrat va dabdaba ortida Vladimir Putin nishonlash uchun etarli sabab topa oladimi?
-
Soʻnggi yillarda oʻzbekistonlik ayollarning tirikchilik uchun xorijga ishga ketishlari tobora ortib bormoqda. Jumladan, 2024 yil davomida oʻzbekistonlik ayollar vatanga jami 3 milliard AQSh dollari yuborgan. Bu mablagʻlarni oʻzbek xotin-qizlari asosan uy tozalab, bola yoki keksa boqib, idish yuvib, farroshlik qilib topishmoqda. Muhojir ayollarning oʻz mamlakatlari iqtisodiyotiga qoʻshgan hissasi – Oʻzbekistonning 65 ta davlatga toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilib topgan mablagʻidan ham koʻp.





















