Eron-Isroil mojarosi Rossiya va Xitoy uchun toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy aralashuv emas, balki strategik imkoniyat sifatida namoyon boʻladi. Rossiya – mintaqadagi siyosiy taъsirini saqlash va Gʻarbga bosim oʻtkazishni maqsad qilgan boʻlsa, Xitoy – energetika xavfsizligi va “Bir kamar – bir yoʻl” loyihasi doirasida iqtisodiy barqarorlikka erishishni koʻzlaydi.
Eron sionistik rejimga nisbatan bir qator aniq zarbalarni amalga oshirdi va gibrid urushning yangi bosqichini ochib berdi. Keng qamrovli hujumlar oʻrniga – aniq nuqtalarga, oʻylangan va kutilmagan zarbalar bilan dushmanni tezkor javob berish qobiliyatidan mahrum etmoqda. Hatto dushman elita qismlari ham hujumdan gʻaflatda qoldi – zarbalar “Temir gumbaz” tizimini chetlab oʻtdi, sirenalar jim boʻldi, raketa va dronlar ogohlantirishsiz nishonlarga etib bordi.
Juma kuni ertalab Isroil Eronning yadro dasturi va ballistik raketalar uchirish joylariga bir qator aviazarbalar berdi. Bu Yaqin Sharqda kengroq urushni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan uzoq davom etgan qarama-qarshilikning kuchayishiga olib keldi. Oʻz navbatida Eron ham Isroilga dron va ballistik raketalar uchirib, sionistlarning “Temir gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimining “afsonaviy qalqon” ekanligi haqidagi gap soʻzlarni chippakka chiqardi. Xoʻsh, endi nima boʻladi? Qurolli toʻqnashuvga boshqa Yaqin Sharq oʻyinchilari ham qoʻshiladimi?
Eron va Isroil oʻrtasidagi keskinlik yanada oshmoqda. Juma tongida bosqinchi isroil Eron hududidagi bir necha muhim obъektlarga havo zarbalari berdi. Bu voqelik xalqaro ekspertlar va tahlilchilar oʻrtasida jiddiy muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Jumladan, harbiy tahlilchi general Fayz ad-Duveriyning "Al Jazira" telekanaliga aytishicha, Eronning yadroviy inshootlari togʻlar ichida juda chuqur joylashgan. Bu sionistlarning ularni nishonga olib yoʻq qilishini ancha qiyinlashtiradi.
Jamiyat, bu tirik jism boʻlib, bir shaxs yoʻliqishi mumkin boʻlgan kasallik va illatlarga u ham yoʻliqadi. Hukumatlar shaxslarni halok qiluvchi kasalliklardan, yomon illatlardan himoya qilishga harakat qilgani kabi toza, insonparvar madaniyatlar va qonunlar ham jamiyatlarni ijtimoiy-xulqiy kasalliklardan himoyalashga harakat qiladi. Mana shu madaniyat va qonunlar yordamida millat kuchli boʻladi va oʻz masъuliyatini qatъiyat bilan bajara oladi. Shu tariqa millat insonni halokatga etaklovchi omillarga qarshi sobit turadi. Barchani sigʻdira oladigan omonlik bagʻrida, butun insoniyatni qurshaydigan saodat ichida yashaydi. Bora-bora samodagi farishtalar misoli xavf-xatardan va xafagarchilikdan uzoqlashib, ruhiy xotirjamlikka erishadi.
Immigratsiya boshqarmasi Tursunovga nisbatan “jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solganlik”ni sabab qilib koʻrsatgan holda deportatsiya qilish qarori qabul qilinganini aytdi. Biroq, bu iddao na Turkiya Jumhuriyati vakolatli muassasalari va na xalqaro hamjamiyat nazarida hech qanday qonuniy va aniq asosga ega emas. Tursunovdan Turkiyada, Oʻzbekistonda yoki boshqa bir davlatda jamoat tartibini buzadigan hech qanday harakati yoʻq va u hech qanaqasiga jinoiy javobgarlikka tortilmagan.
Hayratlanarli va chuqur tashvishga soluvchi yangi soʻrovnoma natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, nafaqat Isroil hukumati, balki Isroil jamoatchiligining katta qismi ham falastinliklarni qirib yuborish tarafdori.
Rubio tomonidan eъlon qilingan 180 kunlik voz kechish Sezar qonunini bekor qilish emas, balki uning ijrosini vaqtincha toʻxtatishdir. Bu xorijiy hukumatlar va biznesga qayta tiklash ishlarida ishtirok etish va AQShning sanktsiyalariga duchor boʻlmasdan Suriyaga sarmoya kiritish imkonini beradi.
Bu ikkiyuzlamachilikning ildizlari 1980-yillarga borib taqaladi. Oʻshanda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining "Tsiklon" operatsiyasi orqali afgʻon mujohidlarini, jumladan Gulbiddin Hikmatyor va Jaloliddin Haqqoniy kabi shaxslarni qurollantirgan va tayyorlagan. Pokistonning ISI tashkiloti orqali moliyalashtirilgan bu "ozodlik kurashchilari" keyinchalik "Al-Qoida" va "Tolibon"ga aylandi.
The Times of Israel nashri tomonidan 2025 yil 20 may kuni eъlon qilingan maqolaga koʻra, AQSh prezidenti Donalьd Tramp Gʻazo sektoridagi urushdan "hafsalasi pir" boʻlgan va Isroil hukumatidan urushni yakunlashni talab qilmoqda. Dastlab The Times of Israel maqolasini oʻzbek tilida tanishtirib oʻtib, soʻngra qoʻshimcha mulohaza va xulosalar berishga harakat qilamiz.