Afsuski shu davr mobaynida Aloqa guruhi oʻz hukumatlarining urushni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorini amalga oshirish boʻyicha biron-bir jiddiy chora koʻrmadi. Isroil Gʻazodagi bolalar, ayollar va keksalarni qirgʻin qilishda davom etar ekan, davlat rahbarlari rasmiy suratga tushish, qizgʻin uchrashuvlar va quruq gapdan nariga oʻtishmadi.
Oʻtgan yilning oxirlarida McDonald’s, Starbucks kabi sionistlarni qoʻllab-quvvatlovchi kompaniyalarga nisbatan keng miqyosli boykot eʻʻlon qilingan boʻlsa, 2024 yilning bahoriga kelib, buning natijalari – kompaniya egalarining katta yoʻqotishlari boʻy koʻrsatdi. Qolaversa, mashhur universitetlar boʻylab urushga qarshi talabalar harakatining kuchayishi sababli akademik boykot ham yuzaga keldi.
Agarda siz bu harakatdan charchagan boʻlsangiz, bilingki, Isroil boʻlmish dushman bizning gʻazolik birodarlarimizni oʻldirish va qatl qilishdan charchamayapti. Shu bilan birga u bizning goʻdaklarimizni azoblashda, ularni yaqinlaridan judo qilishda, och-nahor va suvsiz qoldirishda davom etyapti. Siz ushbu tuzumga koʻmak boʻlayotgan mahsulotlarni sotib olmoqchi boʻlganingizda yoki ularni qoʻllab-quvvatlayotgan mashhurlarni kuzatayotganingizda shuni unutmangki, ishgʻolchi tuzum mazlumlarning qonini shafqatsizlarcha toʻkyapti, asl er egalarining uylarini buzyapti, eng yomoni – siz ham qaysidir maʻʻnoda ularga yordamlashyapsiz.