Tahlil
-
Ushbu avlod vakillari cheksiz axborot asrida oʻzlarini yolgʻiz his qilishmoqda va tabiiyki, ular tushkunlikka tushib qolyapti. Soʻnggi yillarda dunyodagi qator rivojlangan mamlakatlar yoshlari orasida oʻz joniga qasd qilish tendentsiyasining yuqoriligi bunga misol boʻla oladi. Shuning uchun Islom diyorlarida musulmon yoshlar qalbiga Islom orqali yoʻl topish foydali boʻladi: bu ularning tashvishlarini engillashtirishga va ruhiy azoblarini kamaytirishga yordam beradi. Shu oʻrinda Qurʻʻon oʻqish, zikr majlislari ham insonni tushkunlikdan xalos etishi kuzatilgan – Najvan Ahmad, “Al Jazeera” jurnalisti.
-
Arab va musulmon muhojirlar oʻz yurtlarini tark etar ekan, qalblarida porloq bir orzu bilan Qoʻshma Shtatlar tomon yoʻl olishadi. “Imkoniyatlar yurti”da ular rivojlangan taʻʻlim tizimi, daromadli ish va farovon hayotga erishishni maqsad qilishadi. Ammo xilma-xillik va mulʻtikulturalizm (turli madaniyatlar) mavjud boʻlgan bu oʻlkada muhojirlar islomiy qadriyatlari va odatlari bilan yangi va begona bir hayot tarzi oʻrtasida muvozanat saqlashga majbur boʻlishadi. Aslida haqiqiy sinov shu erdan boshlanadi. Xoʻsh, musulmonlar okean ortida dinini saqlab qola olishadimi yoki integratsiyalashuv ustun keladimi?
-
Bugun misli koʻrilmagan azob-uqubatlarga oʻz holicha tashlab qoʻyilgan gʻazoliklarning kuchli eʻʻtiqodi, ishonchi va matonati dunyo boʻylab jonli efirda namoyish etilmoqda. “The Guardian” nashrining yozishicha, “bugun gʻarbliklar falastinliklarning misli koʻrilmagan chidamliligi, eʻʻtiqodi, axloqiy kuchi va xarakterini tushunish uchun Qurʻʻon oʻqimoqda”.
-
Ayni paytda amerikaliklar qiyin tanlov qarshisida turishibdi. Saylov jarayonida koʻpchilik musulmonlar “ikki yomondan biri”ni tanlashga majbur boʻlishyapti. Baʻʻzi faollar saylovchilarni Gʻazodagi genotsidni qoʻllayotgani uchun ikki nomzod – respublikachilardan Donalʻd Tramp va uning raqibi demokratlardan Kamala Xarrisga ovoz bermaslik, aksincha “Yashillar” partiyasi nomzodini qoʻllab-quvvatlashga chaqirishyapti. Bugungi kunda inglizzabon musulmon faollarining ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida ushbu fikrni ilgari surayotganlarini kuzatishimiz mumkin. Xoʻsh, nima uchun AQSh aholisining katta qismi respublikachilar va demokratlar nomzodga ovoz berishni istamayapti va boshqalarni ham shunga undamoqda?
-
Isroilning Livan “Hizbulloh”iga qarshi urushi yaqin orada Suriyaning ham ushbu mojaroga tortilish ehtimoli haqidagi qarashlarni yuzaga keltirmoqda. Uning Livan bilan geografik yaqinligi AQSh homiyligidagi yahudiy davlatining Shom diyoriga kuchliroq hujumni boshlashiga sabab boʻlishi mumkin.
-
Turkiyada ayollar huquqi va gender tengligi uchun kurash bahonasida oilada erkaklar mavqeiga zarba berilishi yangi muammolar va nizolarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa 2011 yil may oyida imzolangan "Istanbul konventsiyasi" oila tanazzulini eng yuqori choʻqqilarga olib chiqdi. Uzoq yillik puxta ishlab chiqilgan reja asosidagi saʻʻy-harakatlar oʻz “mevasi”ni bermay qolmadi – bugun turk jamiyatida turmush qurish va farzand koʻrish yoshlari oshgan, nikohlar soni kamayib, ajralishlar koʻpaygan. Xoʻsh, bunga echim bormi?
-
Gruziyada 26 oktyabrda boʻlib oʻtgan saylovlar siyosiy inqirozga sabab boʻldi. Ovoz berish natijalarini hech bir muxolifat partiya tan olmadi. Mahalliy kuzatuv missiyalari esa keng koʻlamli va ommaviy qoidabuzarliklardan dalolat bermoqda. Gruziya prezidenti saylovlarni noqonuniy deb eʻʻlon qildi va ularning oʻtkazilishini “Rossiya maxsus operatsiyasi” deb atadi.
-
Kuni kecha 2016 yil Turkiyadagi davlat toʻntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida ayblanib kelinayotgan, terror tashkiloti deb eʻʻlon qilingan – FETO etakchisi, voiz Fathulloh Gulen AQShda dafn etildi. Uning “ilohiy missiyasi” nimalardan iborat edi? Gulenning Oʻzbekistonga qanday aloqasi bor? Gulen qanday qilib Turkiya boshqaruvigacha kirib bora oldi – tahliliy maqola.
-
BRIKS – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika hamda yangi besh aʻʻzodan iborat norasmiy guruh boʻlib, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning global tartibotdagi taʻʻsirini oshirishga intilmoqda. Xoʻsh, BRIKSning ahamiyati, tarixi, vazifalari qanday? BRIKS valyutasi dollarning oʻrnini bosa oladimi? Bu tashkilotni kelajakda nimalar kutib turibdi – tahliliy maqola.
-
Livan janubidagi Qana qishlogʻi uchinchi bor Isroil armiyasi tomonidan qirgʻin qilindi. 1996 va 2006 yillarda boʻlgani kabi, Gʻarb matbuot ushbu qishloqda oʻnlab tinch aholi vakillari halok boʻlganini sovuqqonlik bilan qabul qilmoqda. “Bu esa irqchi Gʻarb mediasi uchun sionistlarning hayoti qimmatliligi, arablar esa faqat oʻlim koʻrsatkichlari yangi rekordlarni oʻrnatgandagina yoritilishi kerak boʻlgan gʻayriinsoniy mavjudotlar sifatida koʻrilishini anglatadi”, - deb yozadi jurnalist va yozuvchi Robert Inlakesh.





















