Donalʻd Tramp saylovda gʻalaba qozonganidan bir hafta oʻtib, uni qoʻllab-quvvatlagan insonlarni muhim lavozimlarga tayinlashga kirishdi. Jumladan, Tramp oʻziga saylov jarayonlarida koʻmak bergan milliarderlar – Ilon Mask va Vivek Ramasvamini yangi departamentga rahbar etib tayinlashini maʻʻlum qildi. Shundan soʻng, qator nashrlar milliarderlarning AQSh hukumatida keng koʻlamli islohotlar oʻtkazmoqchiligi haqida yozdi.
Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu va 5 noyabr kuni isteʻʻfoga chiqarilgan mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berdi. Netanʻyaxu va Galant qanday jinoyatlarda ayblanmoqda? Hukm nimani oʻzgartiradi? Munosabatlar.
Ijod erkinligining chegaralari bormi, qanday holatlarda ijod erkinligi cheklanishi mumkin, xalqaro huquqda bu haqda nima deyilgan? Ayrimlar ijod erkinligi bahonasida terrorizm, LGBT, irqchilik kabi illatlarni targʻib qilmayaptimi?
Gʻazoda qoʻli qonga botganlar – institutsionallashgan Gʻarb va misli koʻrilmagan yovuzlik oʻqini oʻz ichiga olgan Isroil deb atalmish noqonuniy geosiyosiy tuzilma muqaddaslik, fuqarolik, insoniylik, qadriyatlar hamda oʻzga din yoki madaniyatni hurmat qilmaydi. Ularning ijtimoiy falsafasi «qudrat – haq», siyosiy nazariyasi esa «oʻrmon qonuni»dir. Ular dunyoni zamonaviy varvarizm yoki vahshiyona «zamonaviylik», deb taʻʻriflanuvchi tubsizlikka tortishga moyil.
Joriy yilning sentyabrʻ oyida Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida 8-sinf oʻquvchisi boʻlgan qiz bir guruh shaxslar tomonidan zoʻrlangan. Gumondorlar orasida prokuratura xodimi ham bor. Hodisadan qariyb ikki oy oʻtganiga qaramasdan, jinoyatchilarni ushlash va munosib jazolash ishlari xaspoʻshlanmoqda, aksincha, arizani qaytarib olish boʻyicha qizning oilasiga bosim oʻtkazilayotgani aytilmoqda. Oʻzbekiston yana bir sinov qarshisida - adolat qaror topadimi?
Endilikda Oʻzbekistonda davlat siyosatiga va maʻʻnaviy-axloqiy mezonlarga zid mediamahsulotlar “maʻʻnaviy ekspertiza”dan oʻtkaziladi. Mediamahsulotning ekspertiza guruhiga yoqmagan qismlari esa shubhasiz “qaychilanadi”. Aksar ijodkorlar tuzilajak maʻʻnaviy ekspertiza guruhini tsenzuraning rasman qaytishi sifatida talqin qilishmoqda.
Irlandiya, Ispaniya, Belʻgiya, Sloveniya va boshqa davlatlar Evropa Ittifoqidan falastinliklarning qirgʻin qilinishi sababli Isroil bilan savdo aloqalarini qayta koʻrib chiqishni talab qilayotgan bir paytda, joriy yilning dastlabki toʻqqiz oyida yahudiy davlatining arab mamlakatlari va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga aʻʻzo boshqa 14 davlat bilan savdo aloqalari oʻsib bormoqda. Bu Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi mamlakatlar mahsulotlarini boykot qilish haqidagi ommaviy chaqiriqlarga zid holat. Aslida sionistlarning mahsulotlarini boykot qilish, shubhasiz, katta ahamiyatga ega. Maʻʻlumotlarga koʻra, 19 ta musulmon davlatining mazkur tovarlar importi hajmi 2,3 milliard dollarga baholangan.
Donalʻd Tramp ikkinchi bor AQShdagi prezident saylovlarida gʻolib boʻldi. U garchi butun dunyodagi urushlarni toʻxtatishga vaʻʻda berayotganiga qaramasdan, koʻpchilik siyosiy tahlilchilar Trampni dunyo uchun katta xavf deb hisoblaydi. Hatto muhokamani faqat Yaqin Sharq siyosati bilan cheklasak ham, Tramp borasida jiddiy xavotirlar mavjud.
Shimoliy Koreyaning Rossiyaga harbiy yordami haqidagi tahlillar xalqaro nashrlarning asosiy sahifalaridan joy olib ulgurdi. Gʻarb sanktsiyalari va xalqaro izolyatsiya sharoitida bu ikki avtoritar boshqaruvdagi davlatning hamkorlikni kuchaytirishi koʻpchilikning eʻʻtiborini tortdi. Xoʻsh, bu hamkorlik urushning Osiyoga ham koʻchishidan darakmi? Siyosiy tadqiqotchi Jonatan Fenton-Harvi maqolasida.