Dunyo boʻylab "depressiya yoki tashvish" tufayli har yili 12 milliardga yaqin ish kuni oʻtkazib yuboriladi. Butun dunyoda depressiv kasalliklarning kuchayishi epidemiya darajasiga etib, mehnat bozoriga tahdid solmoqda va har yili jahon iqtisodiyotiga yuzlab milliard dollar zarar keltirmoqda.
Suriyada Bashar Asad hokimiyatdan agʻdarilishi bilan Isroil bahsli Joʻlon tepaliklarini egallashni boshladi. Bu tepaliklarning ahamiyati nimada, u erda kimlar yashaydi? Isroilga Joʻlon tepaliklari ustidan nazorat oʻrnatish nima uchun muhim?
Falastin qarshilik harakatining ildizlari 1882 yillarga borib taqaladi. Britaniya imperiyasi, Amerika va boshqa Gʻarb mamlakatlarining harbiy, moliyaviy va diplomatik qoʻllab-quvvatlavi, ayrim arab diktatorlarining ochiqchasiga yoki sukut bilan sionistlarni dastakladi va Falastin muxtoriyatining xoinligi ham bu qarshilik harakatini hech qanday tashqi yordamlarsiz kurash olib borishiga toʻsqinlik qilayotgani yoʻq. Ammo Isroil tashqi yordamsiz Falastin zaminida uzoq qolishi dargumon...
Nʻyu-Dehli Pekinni oʻzining eng yirik raqobatchisi sifatida koʻrmoqda. Bu esa Hindiston hukumatini Xitoyga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni toʻxtatishga, vizalarni cheklashga, jurnalistlarni chiqarib yuborishga va Hindistondagi Xitoy sarmoyalarini nazorat qilishga undadi. 2020 yilda Modi boshchiligidagi Nʻyu-Dehli 59 ta Xitoy ilovasini, jumladan Weibu'ni zudlik bilan taqiqlash orqali mojaroni kibermakonga koʻchirdi.
Axborot ishlab chiqarish va tarqatish tezligiga etishish qiyin boʻlgan asrimizda kommunikatsiyalar ekotizimi tub oʻzgarishlar jarayonini boshdan kechirmoqda. Ammo bu oʻzgarish jarayoni faqat ijobiy rivojlanishni oʻz ichiga olmay, axloqiy, madaniy va insoniy sinovlarni ham birgalikda olib kelmoqda -Turkiya Respublikasi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi, professor Fahrettin Altunning “STRATCOM: Xalqaro Strategik Kommunikatsiyalar Forumi”ga bagʻishlangan maqolasidan.
Yarim asrdan ortiq vaqt davomida arab jamiyatlari va fuqarolari ahvolini shaxsan kuzatib, ularni jurnalist sifatida yoritib keldim. Xulosam shuki, birorta ham arab mamlakati ushbu toʻrtta sinov— barqaror davlatchilik, haqiqiy mustaqillik, fuqarolik huquqlari va barqaror hamda adolatli insoniy taraqqiyot sinovlaridan oʻta olgan emas - jurnalist va tahlilchi Rami Khori maqolasidan.
Bugungi kundagi qator magʻlubiyatlar Damashqda va Asadning rossiyalik hamda eronlik ittifoqchilarida shok holatini keltirib chiqargan. Bu esa Suriyada zulmga asoslangan Bashar Asad rejimining intihosi yaqinlashayotgani haqidagi tasavvurlarni jonlantirmoqda.