"Bir xalqni qul qilishning ikki yoʻli bor: birinchisi qilich bilan, ikkinchisi esa qarz orqali. Faqat biz – «qotil iqtisodchi»lar birinchi chinakam global imperiyani yaratishga muvaffaq boʻldik. Bizning arsenalimizda koʻplab qurollar mavjud, lekin eng keng tarqalgani – neftʻ kabi juda katta resurslarga ega boʻlgan mamlakatlarga Jahon banki yoki boshqa tashkilotlarimiz nomidan katta miqdorda kredit taklif qilishdir. Aslida bu pullar hech qachon oʻsha mamlakatga etib bormaydi. Mablagʻlar ushbu hududlarda zavodlar, elektr stantsiyalari va portlar kabi infratuzilmani quradigan bizning yirik korporatsiyalarimizga tushadi. Bu pullardan oʻsha erdagi sanoqli «oqsuyaklar» va bizning korporatsiyalarimiz foyda koʻradi".
Koʻpchilik Los-Angelesdagi yongʻinlarni Gʻazo fojiasiga bogʻlasa, boshqalar AQShdagi falokatning oʻziga xosligini, hukumat buni tez orada bartaraf etishi va uni Falastindagi kabi holatlar bilan taqqoslamaslik kerakligini uqtirmoqda. Ammo asl vaziyat qanday? Umuman, bunday kulfatlarga aslida kim aybdor?
Suriya iqtisodiyoti oʻn yildan ortiq davom etgan fuqarolar urushi va uni jahon moliyaviy tizimidan ajratib qoʻygan sanktsiyalar tufayli vayron boʻldi. Ushbu maqolada Suriya iqtisodiyotining hozirgi holati va mojaroning savdo hamda davlat moliyasini qanday oʻzgartirganiga doir umumiy maʻʻlumot keltiriladi.
AQSh prezidentligiga saylangan Donalʻd Tramp 20 yanvarʻ kuni ikkinchi muddatini boshlaydi. Trampning beqarorligi va kelgusi yillarda mintaqaviy vaziyatni shakllantiradigan koʻplab nomaʻʻlum omillar tufayli yangi maʻʻmuriyatning Yaqin Sharqqa qanday yondashishini bashorat qilish juda mushkul. Agar Trampning birinchi muddatidan xulosa qiladigan boʻlsak, uning ikkinchi muddatdagi tashqi siyosati chalkash va betartib boʻlishi ehtimoldan xoli emas.
2010 yillarda Suriya va Livandagi mojarolar haqidagi xabarlar vaqti-vaqti bilan gazetalarda paydo boʻldi, ammo Yamandagi inqiroz unutib qoʻyildi. Afsuski, bu yil Gʻazo, Ukraina va Livandagi mojarolar tufayli Sudan eʻʻtibor roʻyxatidan pastga tushib ketdi. Kelgusi yilda butun dunyodagi hukumatlar va axborot agentliklari Sudandagi voqealarga eʻʻtibor qaratishlari va sudanliklarning hikoyalariga munosib eʻʻtibor berishning yangi usullarini oʻylashlari kerak. Britaniya Islomiy yordam tashkiloti direktori Tufail Husayn maqolasidan.
Bugun biz ustimizga kiyib yurgan Xitoy liboslarini ishlab chiqarish qanchaga tushganini bilasizmi? Shu tufayli, qanchadan-qancha bolalar onasiz qolgan, qancha erkaklar quldek ishlatilgan, qancha ayollar xoʻrlik va tahqirlarni boshidan kechirgan!? Biz kiygan har beshinchi paxtalik kiyim nisbatan mana shunday ogʻir sharoitlarda, zulm ostida ishlab chiqarilishi xayolingizning bir chetidan boʻlsa ham oʻtganmi?!