AQSh prezidenti Donalʻd Tramp hokimiyat tepasiga kelgach, qator oʻzgarishlarga qoʻl urdi. Mamlakatni ihotalash, “kelgindi”larni oʻz yurtiga qaytarib yuborish, qoʻshnilar bilan yopiq munosabatlar oʻrnatish yoki ularni oʻziga qoʻshib olish bilan tahdid qilish, mahsulotlarga soliqlar joriy etish shular jumlasidan.
Pokiston dunyoning ikki qudratli imperiyasi – SSSR va AQShni magʻlubiyatga uchratgan Tolibonni doim qoʻllab-quvvatlab kelgan, toliblarga boshpana va tayanch vazifasini oʻtab kelgan. Biroq Tolibon Afgʻonistonda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin ularning doʻstligiga putur etdi. Bunga faqat bugungi voqelik sababmi yoki...
Oʻzbekistonda yoki dunyoning qaysidir bir qismida musulmonlar biror xato ish qilsa, ayrim oʻzbek nashrlari tanga topgan telbadek oldi-orqasini surishtirmasdan jar solishga tushishadi. Goʻyoki "ana, musulmonlar shunday, bularga qoʻyib bersangiz, Oʻzbekistonni ham shu koʻyga solishadi", degan maʻʻnoda xabarning asl manbalari, tafsilotlarini oʻrganmay turib xabar tarqatishga kirishishadi. Bu nafaqat jurnalistik etikaga zid, balki yolgʻon tarqatish, jamiyatda qarama-qarshilik, boʻlinish, tarafkashlikni ham keltirib chiqaradi. Yolgʻondan suv ichayotgan bu nashrlar yoxud bizni qanday qilib aldashyapti?
AQSh prezidenti Trampning xatti-harakatlari koʻpchilikni ajablantiryapti. AQShning JSST va Parij bitimidan chiqish qarori, Panama, Grenlandiya, Meksika va Kanadani AQShga qoʻshib olish haqidagi populistik bayonotlari, Ukraina-Rossiya mojarosiga tezda barham berishga oid chiqishlari insoniyat eʻʻtiborini oʻziga tortdi. Ularning har biriga tahliliy jihatdan yondashsak
Isroil uni necha marta oʻlld ga chiqardi, necha marta suiqasdlar uyushtirdi. Ammo har safar magʻrur va gʻolib boʻlib chiqib kelaverdi. Ushbu maqolada HAMASning yangi rahbari Muhammad Sinvar haqida bizga maʻʻlum boʻlgan haqiqatlar va undan kelajakda kutilishi mumkin boʻlgan qarorlar va xatti-harakatlar xususida batafsil maʻʻlumot berishga harakat qilamiz.
Facebook, Ibstagram, Youtube kabi ijtimoiy tarmoqlarda qotillik, qiynoq va zoʻravonlik kabi kontentlarni saralash uchun moderatorlar yollanadi. Silikon vodiysi gigantlari bu kabi moderatorlarni asosan rivojlanmagan davlatlar fuqarolari orasidan yollaydi. Shu tarzda zamonaviy dunyoda raqamli mustamlakachilik vujudga keldi. Uning oqibatlari navbatdagi tahlilimizda.
Aslida, yahudiylarni «vaʻʻda qilingan» erlarga faqatgina kuch bilan qaytarilishi mumkin degan gʻoyani sionist terror tashkilotlari oʻylab topgan edi. Ular arablarni qirib tashlash va hududlarni yahudiylarga boʻlib berish radikal gʻoyalarini ilgari surishardi.
Bu gaplarni oʻqib, biroz avval «Tungi klub» reklamasi uchun qator qizlarni teskari turgizib, ketiga shapatilayotgan yoshlar koʻz oʻngimizga keladi. Mana biz yoshlarni qanday tarbiyalayapmiz? Ular kelgusida xorijda qoʻlga tushgan «tungi kapalaklar»ga, qoʻlbola aroq ichib ajalidan besh kun burun oʻlgan muhojirlarga aylanishsa, mamlakatimiz uchun qanchalik naf keltirgan boʻlishadi. Holbuki, harom bilan halolning farqiga boradigan, namozxon yoshlar millat kelajagi emasmi? Biz ham ochiqchasiga boʻlmasa-da, haqiqiy maʻʻnoda juma kunini «qora»ga boʻyab qoʻymayapmizmi?