Bosh Assambleyada har bir aъzo bitta ovozga ega, ammo bu kam ahamiyatga ega. Aynan veto huquqiga ega besh doimiy aъzosi boʻlgan 15 aъzodan iborat Xavfsizlik kengashi barcha masalalarni hal qiladi. Nima uchun besh aъzo butun dunyo uchun qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlishi kerakligi hech qachon tushuntirilgan emas, hatto asoslanmagan ham.
Gʻazo va Livanda ikkita moʻrt sulh tuzilgan bir paytda, Isroilning mintaqada harbiy harakatlarni kuchaytirishi – kuch namoyishimi, oʻziga haddan ziyod ishonchmi yoxud muvaffaqiyatsizlik oqibatlaridan qochish uchun urush holatini choʻzishga urinishmi – buni aniqlash qiyin. Isroil yo misli koʻrilmagan kuch bilan harakat qilyapti yoki misli koʻrilmagan zaifligini yashirishga urinyapti.
Frantsuzlar musulmon ayollarni ozod qilishga emas, balki sindirishga, ularni diniy va madaniy ildizlaridan ajratishga harakat qilgan. Ular ayollar tanasini koʻrishni, ularni nazorat qilishni istashgan - rad etilganda esa, mustamlakachi tafakkurga xos tarzda gʻazab va zoʻravonlik bilan reaktsiya bildirishgan.
Yirik ishbilarmonlar, sportchilar, ijtimoiy tarmoq faollari va boshqalar shiddat bilan Misrni tark etmoqda. Xususan, 2024 yilning birinchi yarmida Misrning 2360 ta kompaniyasi BAAga koʻchib oʻtgan. Sarmoyadorlar, faollar yoki sportchilar qochishining umumiy omili qoʻrquvdir: kelajakdan qoʻrqish, mavhumlikdan qoʻrqish va hokimiyatdan qoʻrqish.
Ofiyat Siddiqiy 20 yildan ortiq vaqt davomida AQSh federal qamoqxonasining jahannamiy sharoitlarida azob chekib kelmoqda. Uning ishini shunchaki adolat suiisteъmoli deb atash, davom etayotgan bu dahshatli adolatsizlik koʻlamini pasaytirish boʻlardi.
Trampning bu taklifni ilgari surishining ayrim sabablari, soʻng esa falastinliklarning Gʻazodan koʻchirib boʻlmasligining boshqa sabablari keltirib oʻtiladi.
Donalьd Trampning Amerika prezidentligiga saylanishi avvaliga koʻpchilikni mamnun etgandek tuyulgandi. Biroq uch hafta avval uning hokimiyatga kelishi va oʻzi bilan koʻz koʻrib quloq eshitmagan “syurpriz”larni keltirishini koʻpchilik, xususan, mutaxasislar xatto taxmin ham qilmagandi. Hozirgi kunda uning biri bogʻdan, biri togʻdan boʻlgan ichki va tashqi siyosat masalalari boʻyicha fikr hamda qarorlari koʻpchilikning taajjubiga sabab boʻlmoqda. Turli nomdor davlatlarning jazavasi qoʻziyotgan boʻlsa, ayrim mayda va taъsir doiradagi mamlakatlar boʻlayotgan ishlarni mahzunlik bilan kuzatib turishibdi. Mana shu vaziyatda koʻpchilikda oʻrinli bir savol tugʻilishi tabiiydir: Trampning xatti-harakatlari dunyoda oʻrmon qonunlari qaror topishiga sabab boʻladimi?
Isroil matbuotidan bizga maъlum boʻlmoqdaki, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu oʻz tarafdorlariga faqat birinchi bosqichni hurmat qilishini va u tugagach, bombardimon qilishni davom ettirishini aytib kelmoqda.
Bashar Asad rejimining qulashi Tolibon hukmronligi hamda Afgʻonistonning Ashraf Gʻani hukumatining kutilmaganda va tez qulab tushishiga oʻxshab ketadi. Tolibon Qobulni bir hafta ichida egallaganidek, HTSh ham tez surъatda hududiy yutuqlarga erishdi. Bu voqealar 1990-yillarda Afgʻonistonda mujohidlar guruhlari tomonidan Najibulloh rejimining agʻdarilishini yodga soladi.
Bir insonning radikallashib, ekstremistga aylanishida kim aybdor boʻladi, degan savolga javob – murakkab. Islom taʻʻlimotiga muvofiq, hayot – sinov. Shu bois birinchi aybdor – insonning oʻzi: qalbiga quloq tutmay, nafsiga quloq tutib, nojoiz tasarruf qilgani uchun. Biroq radikallikni hammadan koʻp urchitadigan kuch, bu – notoʻgʻri davlat siyosati. Muhammad Shakur maqolasida.