Bugun BMT nega oʻz ahamiyatini yoʻqotdi?
Bugun BMT nega oʻz ahamiyatini yoʻqotdi?
Deyarli 80 yil muqaddam tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning urushlar oldini olishdagi zaifligi shu qadar yaqqol koʻrinib qoldiki, bu holat uning ahamiyatini jiddiy shubha ostiga solmoqda. Gʻazoda 15 oy davom etgan sionistlarlar qirgʻini uning koʻplab muvaffaqiyatsizliklariga eng yorqin namuna boʻldi. Ushbu maqolada BMT nima uchun sionistlar hujumini toʻxtata olmagani sabablari koʻrib chiqiladi, lekin avval BMT muvaffaqiyatsizlikka yoʻliqqan boshqa baъzi sohalarga ham bir qur nazar tashlaymiz.
BMT Hindiston ishgʻoli ostidagi Kashmirda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sakkiz yil davom etgan Iroqning Eronga qarshi urushini toʻxtata olmadi. 2003 yilda AQShning Iroqqa qarshi urushini, shuningdek, sakkiz yil davom etgan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarining Yamanga qarshi urushining oldini ola olmadi. Xoʻsh, asosiy maqsadi urushlarning oldini olish boʻlgan bu tashkilot nega oʻz vazifasini bunchalik samarasiz bajardi?
Adolat yuzasidan aytganda, BMT faqat 193 aъzosining jamoaviy irodasini aks ettiradi, ammo uning tuzilishida oʻziga xos muammolar mavjud. Ikki asosiy organ – Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi mavjud boʻlsa-da, aynan Kengash har qanday masala boʻyicha chora koʻrish yoki koʻrmaslikni belgilaydi. Bosh Assambleyada har bir aъzo bitta ovozga ega, ammo bu kam ahamiyatga ega. Aynan veto huquqiga ega besh doimiy aъzosi boʻlgan 15 aъzodan iborat Xavfsizlik kengashi barcha masalalarni hal qiladi. Nima uchun besh aъzo butun dunyo uchun qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlishi kerakligi hech qachon tushuntirilgan emas, hatto asoslanmagan ham.
Beshta doimiy aъzo – AQSh, Britaniya, Frantsiya, Rossiya va Xitoy. Uning siyosati koʻpincha Xavfsizlik Kengashining eng koʻp sonli rezolyutsiyalariga veto qoʻyish boʻyicha shubhali tarixga ega boʻlgan AQSh tomonidan belgilanadi. Bu dunyodagi eng yovuz tuzilma boʻlgan sionistik Isroilning shafqatsiz xatti-harakatlari bilan bogʻliq. Isroil hukmdorlari neonatsistlar boʻlib, inson hayoti va qadr-qimmatiga tupurib qoʻyishgan.
Isroilning yaxshi hujjatlashtirilgan jinoyatlariga qaramay, AQSh uni global qoralashdan himoya qiladi. Sionistik tashkilotning ikki etakchi vakili – Benyamin Netanyaxu va Yoav Gallantga nisbatan Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan qamoqqa olish uchun order berilgan. Ayblanuvchi harbiy jinoyatchini qamoqqa olish u yoqda tursin, 4 fevralь kuni AQSh Netanyaxuni Oq uyda kutib oldi va XJSga qarshi sanktsiyalar qoʻllashga chaqirdi. Aynan AQSh va noqonuniy vasiysi – sionistik Isroilning bunday nomaqbul xatti-harakatlari butun dunyo boʻylab chuqur tashvish uygʻotmoqda. BMTning esa muayyan bir masalaga jiddiy yondasha olmasligini ochiq-oydin koʻrsatmoqda.
BMT muvaffaqiyatsizliklari roʻyxatini tushunish uchun u yuzaga kelgan vaziyatni koʻrib chiqishimiz kerak. Tashkilot rasman 1945 yil oktyabrь oyida Ikkinchi Jahon urushi (aslida Evropa davlatlari va Shimoliy Amerika oʻrtasidagi urush) oxirida tashkil topdi. Uning ancha oldin yotqizilgan tamali keyingi muvaffaqiyatsizliklariga ishora qiladi.
1941 yil 12 iyunda Londonda boʻlib oʻtgan Ittifoqchilararo konferentsiyada Avliyo Jeyms saroyi deklaratsiyasi eъlon qilindi (ittifoqchilar oʻq davlatlariga qarshi kurashayotgan kuchlarni nazarda tutgan). 1941 yil avgustiga kelib AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt va Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill "Atlantika xartiyasi"ni ishlab chiqdilar. U urushdan keyingi dunyo uchun maqsadlarni belgilab berdi. Keyingi uchrashuvlarga Sovet Ittifoqi va millatchi Xitoy (bugungi Xitoy Xalq Respublikasi emas) ham taklif qilindi. Frantsiya Buyuk Britaniyaning iltimosiga binoan jalb qilindi.
"Birlashgan Millatlar Tashkiloti deklaratsiyasi"ning rasmiy matni 1942 yil 1 yanvarda toʻrt davlat: AQSh, Buyuk Britaniya, Sovet Ittifoqi va Xitoy tomonidan imzolandi. Boshqa aъzolar deklaratsiyani imzolash va ittifoqchi davlatlar urushayotgan Germaniya, Italiya va ularning ittifoqchilariga urush eъlon qilish sharti bilan qoʻshilishga taklif etildi. Shunday qilib, BMTning poydevori evropaliklar va AQShning harbiy manfaatlariga xizmat qilish uchun yaratildi.
BMT Nizomida tinchlikni saqlash, urushlarning oldini olish va xalqlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirish kabi yuksak tamoyillar mavjud. Bu ezgu maqsadlardir, ammo ularni amalga oshirish, ayniqsa, AQSh, uning NATO boʻyicha ittifoqchilari yoxud sionistik tuzilmaga nisbatan qoʻllanilganda, imkonsizdir. Vashington lashkarboshilari oʻzlarining sionistik himoyalanuvchilarini mudom qoʻriqlaydilar.
Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyadan tashqari, BMTning etarli darajada samarali faoliyat yuritayotgan bir qancha boshqa organlari ham mavjud. Bularga Inson huquqlari boʻyicha oliy komissarlik boshqarmasi, BMTning Bolalar jamgʻarmasi (YuNISEF), BMTning Yordamga muhtoj falastinliklarga yordam koʻrsatish agentligi (UNRWA) va BMTning Taъlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YuNESKO) kiradi. Ular amalga oshirayotgan insonparvarlik ishlari, yaъni vayronagarchilikdan keyingi vaqtinchalik echimlariga qaramay, Xavfsizlik Kengashi aybdorlarga qarshi har qanday jiddiy choralar koʻrishga toʻsqinlik qiladi.
BMTning oʻz nizomiga amal qilmasligi, bu tashkilotning adolat izlash uchun munosib joy emasligini koʻrsatadi. Vashington urush qoʻzgʻatuvchilari tashkilotni qoʻlga kiritib, undan oʻzlarining yovuz maqsadlari yoʻlida foydalanmoqda.
BMT tashkil topganidan buyon oʻtgan qariyb 80 yil davomida birorta ham muammoni hal qilgani yoʻq. Aksincha, u oʻz faoliyatini boshlaganida Falastin hududining 56 foizini Evropa (Sharqiy va Gʻarbiy) hamda Shimoliy Amerikadan kelgan noqonuniy sionist bosqinchilarga topshirib, katta adolatsizlikka yoʻl qoʻydi. Falastinliklar bilan hatto maslahatlashilmadi. Sionistlar Falastinning tub aholisiga qarshi hali hanuz davom etayotgan dahshatli jinoyatlarni sodir etdilar.
BMTning bunday ochiq-oydin samarasizligi va yaqin kelajakda hech qanday adolatga umid yoʻqligi sharoitida nima qilish mumkin? Tushunib olish kerak boʻlgan birinchi narsa shuki, agar tashkilot hatto minimal adolatni taъminlashga qodir boʻlmasa, nima uchun unga qayta-qayta murojaat qilish kerak? Butun jahon siyosiy tizimi Gʻarbning yirtqich kuchlariga xizmat qilishga qaratilgan.
Jahon janubi hamda sobiq mustamlaka mamlakatlarning aksariyat qismida sionist vahshiyligiga boʻlgan munosabat kelgusida birgalikda qandaydir ish qilish mumkinligini koʻrsatadi. Hindutva fashistlari hukmronlik qilayotgan Hindistondan tashqari, deyarli barcha nogʻarbiy mamlakatlar sionist vahshiyligini qoraladi.
Jahon fikrini aniq aks ettiradigan Bosh Assambleya ixtiyorida Xavfsizlik Kengashining besh doimiy aъzosi emas, balki ijro mexanizmi boʻlishi kerak. Shunda xalqaro hamjamiyatning irodasi mustamlakachi va imperialistik kuchlarning buyruqlarida emas, balki uning muhokamalarida haqiqatan aks etgan boʻlardi.
Isroilni qoralovchi mamlakatlar uchun BMTdan tashqarida yangi tashkilot tuzish vaqti allaqachon kelgan. Uning maqsad va vazifalari puxta shakllantirilishi lozim. Uni, masalan, Jahon adolati tashkiloti yoki shunga oʻxshash boshqa nom bilan atash mumkin. Uning vazifasi oʻzaro maslahatlashuv asosida belgilanishi kerak. Eng kamida, u tinchlikni tiklash, tajovuzning oldini olish va iqtisodiy hamkorlik hamda rivojlanish uchun sharoit yaratish ustida ishlashi lozim. Xavfsizlik Kengashidan farqli oʻlaroq, bu tashkilotda ierarxiya boʻlmaydi.
Uning moliyaviy taъminoti aъzo mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotiga nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi. Har bir aъzo davlat katta yoki kichikligidan qatъi nazar, teng ovoz berish huquqiga ega boʻlgani uchun, chetda qolinganlik hissi boʻlmaydi.
Yangi tashkilot aъzolari, shuningdek, kuchsiz davlatlar yoki xalqlarni qoʻrqitayotgan tajovuzkor kuchlarga qarshi turish uchun harbiy kuchlar bilan taъminlash majburiyatini olishi kerak. Agar shunday kuch mavjud boʻlganida, sionist Isroilning Gʻazoga qarshi qirgʻinbarot urushining oldini olish mumkin boʻlardi.
Yaxshiroq dunyo qursa boʻladi. Buning uchun shunchaki ijodiy fikrlash va jiddiy maqsad lozim. Shiddat bilan oʻzgarayotgan global muhit oldinga siljish uchun katta imkoniyat yaratmoqda.
Ayni damda koʻp qutbli global tartib gʻarbga yoʻnaltirilgan, quruq safsatalardan oʻzga hech qanday maqsadga xizmat qilmaydigan Birlashgan Millatlar Tashkilotidan uzoqlashib, yangi bir tashkilot tashkil etishni taqozo etmoqda.
Muhammad Dovud Asadulloh













