Gʻazo va Livanda ikki omonat sulh tuzilgan bir paytda, Isroil barcha jabhalarda harbiy kuchayishni davom ettirmoqda. Shu hafta boshida Isroil harbiy samolyotlari Suriyaning janubidagi Izraa va Ayn al-Bayda shaharlari atrofiga havo hujumlari uyushtirdi, Isroil quruqlik qoʻshinlari esa Suriya hududiga chuqurroq kirib, Darъa va Qunaytra viloyatlarining maъmuriy chegaralariga qadar etib bordi.


Bir hafta oldin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu isroillik zobitlar bitiruv marosimidagi nutqida oʻtgan yil dekabrda Asad rejimi qulashi natijasida Isroil Suriyada egallab olgan hududlarni tark etmasligini maъlum qildi. Netanyaxu, shuningdek, Isroil Suriyaning yangi armiyasini Damashq janubida joylashtirmasligini taъkidladi.


Livanda Isroil mamlakatning janubiy chegarasidagi beshta pozitsiya ustidan nazoratni saqlab qolishini aytdi. “Hizbulloh” etakchilari Hasan Nasrulloh va Hoshim Safiyuddinning dafn marosimi paytida Isroil qiruvchi samolyotlari kuchini namoyish qilish maqsadida Bayrutdagi marosim ustidan past balandlikda uchib oʻtdi va bir vaqtning oʻzida Bekaa vodiysi hamda janubdagi bir nechta joylarni bombardimon qildi.


Gʻarbiy Sirgʻoq shimolida Isroil "Temir devor" hujumini kengaytirib, yangi falastinlik qochqinlar lagerlari va shaharlarga etib bordi. Oʻtgan oyda hujum boshlanganidan beri Gʻarbiy Sohil shimolidagi 40 ming kishi uylaridan koʻchirildi. Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats koʻchirilgan falastinliklarga kamida bir yil davomida uylariga qaytishga ruxsat berilmasligini aytdi va hujumga hech qanday vaqt chegarasi belgilanmaganini qoʻshimcha qildi.


Bularning barchasi Isroil HAMAS bilan tuzilgan moʻrt sulh kelishuvini birinchi bosqichda tizimli ravishda buzayotgan bir paytda sodir boʻlmoqda. Shu bilan birga, Isroil urushni tugatish boʻyicha muzokaralarni oʻz ichiga olgan sulhning ikkinchi bosqichiga oʻtishni paysalga solmoqda va Isroilning qattiqqoʻl moliya vaziri Bezalel Smotrich soʻnggi kunlarda Gʻazoga yanada shafqatsizroq hujum qilish bilan tahdid qilishda davom etmoqda.


Boshqacha aytganda, Isroil diplomatik darajada oʻjarlik koʻrsatib, barcha jabhalarda harbiy kuch namoyish etyapti. U buni shimoldagi raqibi “Hizbulloh”ni zaiflashtirib, Gʻarbiy Sohilda xohlagan ishini qilish uchun erkin harakat qila olayotgan, oʻzini qudratli va toʻsiqsiz his qilayotgan bir paytda amalga oshiryapti. 


Biroq, haqiqat shundaki, Isroil bir yarim yillik misli koʻrilmagan urushdan chiqib, misli koʻrilmagan darajada zoʻravonlik ishlatdi, misli koʻrilmagan harbiy safarbarlik oʻtkazdi va uni 15 oyga choʻzdi – bu uning tarixidagi eng uzoq urushdir. Shularning barchasiga qaramay, u eъlon qilingan maqsadiga – HAMASni yoʻq qilishga erisholmayapti. Endi u isroillik asirlarning koʻpchiligini kuch bilan qaytara olmagani sababli Falastin harakati bilan muzokaralar olib bormoqda. Ammo HAMASga yangi imtiyozlar bermasdan koʻproq asirlarni ozod qilish uchun sulhning birinchi bosqichini uzaytirishga intilyapti. 


Bundan tashqari, sulhdan oldingi urushning soʻnggi uch oyida Isroil Gʻazo shimolidagi aholini koʻchirish boʻyicha yashirin maqsadiga erisha olmadi; u yuz minglab falastinliklarning shimolga qaytishini asirlar almashinuvi evaziga qabul qilishga majbur boʻldi. Garchi u “Hizbulloh”ni zaiflashtira olgan boʻlsa-da, uni yoʻq qilolmadi yoxud uning kuchlarini qayta tiklash qobiliyatini barbod etolmadi – Yamandagi “Ansoralloh”ni (odatda "husiylar" deb ataluvchi) ham zararsizlantirolmadi. Ular faqat sulh eъlon qilingandagina Isroilga hujumlarini toʻxtatishdi va agar Isroil urushga qaytsa, harbiy harakatlarni davom ettirish bilan tahdid qilishmoqda. 


Bundan ham muhimi, 7 oktyabrdagi xavfsizlik xatosi uchun ichki javobgarlik jarayoni hali boshlanmagan, garchi Isroil armiyasi bu xatolarni tekshirgan boʻlsa ham. Netanyaxu ushbu xatolar boʻyicha tergov jarayonini nazorat qilish uchun kurashmoqda, bu esa uning shaxsan javobgarlikka tortilishidan qoʻrqayotganini yaqqol koʻrsatadi. 


Netanyaxudan tashqari, uning hukumati ham tang ahvolda qolgan. U bir tomondan tinchlik istovchi Isroil jamiyati qatlamlari, shu jumladan harbiy rahbariyatni, boshqa tomondan esa agar urush davom ettirilmasa, hukumatdan chiqib ketish va uni agʻdarishga tahdid qilayotgan ekstremist ittifoqchilarining koʻnglini ovlash oʻrtasida arosatda qolgan.

Ushbu qarama-qarshi faktlarni hisobga olgan holda, Isroilning ayni damda harbiy harakatlarni kuchaytirishi – kuch namoyishimi, oʻziga haddan ziyod ishonchmi yoxud muvaffaqiyatsizlik oqibatlaridan qochish uchun urush holatini choʻzishga urinishmi – buni aniqlash qiyin. Isroil yo misli koʻrilmagan kuch bilan harakat qilyapti yoki misli koʻrilmagan zaifligini yashirishga urinyapti. 


Natija bermagan yashil chiroq


2023 yil 7 oktyabrь voqealaridan bir yil oʻtgach, Bayden maъmuriyatining Yaqin Sharqdagi vakili, Isroil va "Hizbulloh" oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatishda muhim rol oʻynagan Amos Xokshteyn AQShning Isroilga Livanga hujum qilishga ruxsat berganini rad etdi va bunday xabarlar tarqatish "masъuliyatsizlik" ekanini qoʻshimcha qildi. Biroq Isroil bir yil davomida Gʻazo va Livanga qarshi AQSh qurollari bilan urush olib bordi. Braun universitetining "Urush xarajatlari" loyihasiga koʻra, AQSh 7 oktyabrdan beri Isroilga kamida 17,9 milliard dollar harbiy yordam ajratgan. Bu AQSh Isroilga harbiy yordam bera boshlagan vaqtdan buyon bir yillik yordamning eng katta miqdoridir.


AQShning Isroil urushini qoʻllab-quvvatlashi faqat harbiy yordam bilan cheklanmadi. Birinchi kundan boshlab Vashington 7 oktyabrь voqealari va urushning oʻzi haqida Isroil talqinini qabul qildi. BMT Xavfsizlik Kengashida koʻpchilik aъzo davlatlarning xohishiga qarshi uch marta oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaga veto qoʻydi.


Biroq bu cheksiz koʻringan qoʻllab-quvvatlash ortida aniq-ravshan maqsad bor edi: Gʻazoda HAMAS va Falastin qurolli qarshiligini yoʻq qilish orqali mintaqada Isroil va arab davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun yangi siyosiy muhit yaratish. Bu Gʻazodagi (shu jumladan, yaqinda topilgan tabiiy gaz konlari) yangi biznes kelishuvlarini Falastin masalasidan xoli tarzda amalga oshirish imkonini berardi.


Lekin Isroil buni uddalay olmadi. Falastin masalasi yana markaziy oʻringa chiqdiki, endi u xalqaro miqyosda eъtibordan chetda qolishi mumkin emas. 7 oktyabrgacha Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishi kutilgan Saudiya Arabistoni endi Isroil bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatishda Falastin davlatini tuzish boʻyicha siyosiy jarayonni qayta boshlash shartini qoʻymoqda. 


Isroilning oʻzi genotsidda ayblanib tergov qilinyapti, uning bosh vaziri va sobiq mudofaa vaziri esa xalqaro qamoqqa olish orderiga duchor boʻlgan. Bu Falastin va Isroil masalasida xalqaro munosabatda katta va tub oʻzgarish yuz berganini koʻrsatadi. Tarixda ilk bor xalqaro tizim Isroilni javobgarlikka tortish uchun choralar koʻrmoqda.


Oʻtgan yilning iyulь oyida Xalqaro sud Isroilning Gʻarbiy Sohil, Gʻazo, Sharqiy Quddus va Joʻlon tepaliklarini noqonuniy bosib olganini eъlon qildi. Bu qaror bosib olishning huquqiy asoslari toʻgʻrisidagi oʻn yillar davom etgan munozaraga yakun yasadi. 


Voqelikka roʻbaroʻ kelgan kuch


Mazkur muammo tub oʻzgarishlarni keltirib chiqarish uchun etarlicha katta boʻlmasa-da, u turli shakllarda namoyon boʻla boshladi. Ulardan biri shundaki, Tramp maъmuriyati ayniqsa Isroilni qoʻllab-quvvatlashga kelganda Netanyaxu hukumatini oʻt ochishni toʻxtatishga amalda majburladi.


AQSh va Tramp uchun Yaqin Sharq kun tartibi Gʻazodan, hatto Isroil va uning urushlaridan ham keng qamrovli. Tramp uchun biznes dastlabki oʻrinda turadi va uning birinchi prezidentligi davridagi tajriba koʻrsatganidek, mintaqadagi biznes urush orqali emas, balki munosabatlarni normallashtirish va barqarorlik orqali rivojlanadi. Isroilga Trampning Falastinsiz Yaqin Sharqdagi loyihasini amalga oshirish uchun sahna tayyorlashga 15 oy vaqt berildi, ammo u bunga erisha olmadi. Hozirda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarni Trampning mintaqadagi vakili Stiv Vitkov olib bormoqda. U Isroilning shartlarni oʻzgartirish va imzolagan majburiyatlaridan qochish urinishlari fonida Netanyaxuning muzokaralar ustidan mutlaq nazoratini cheklab qoʻymoqda.


Biroq AQSh va Tramp maъmuriyati AQShning Isroilni toʻliq qoʻllab-quvvatlash boʻyicha anъanaviy pozitsiyasidan voz kechgani yoʻq. Aksincha, Isroilning "xavfsizlik" manfaatlariga ustuvorlik berib, ikki davlat echimi asosida falastinliklar bilan kelishuvga erishish uchun harakat qilishdek anъanaviy koʻrinishlardan butunlay voz kechdi. Tramp oʻzining barcha bayonotlarida Isroilning qarorlarini, jumladan, Gʻazoga qarshi urushni qayta boshlashni qoʻllab-quvvatlashini taъkidladi va hatto Isroilning Gʻazoni etnik tozalash niyatini maъqulladi, bunga "Yaqin Sharq Riverasi"ni yaratish vaъdasini berib, oʻziga xos Tramp uslubini qoʻshdi.


Bularning barchasiga qaramay, Tramp urushni kengaytirishdan, ayniqsa Eronga qarshi kurashishdan manfaatdor emasligini ochiq aytdi. Trampning Gʻazo boʻyicha dabdabali bayonotlarini hisobga olmaganda, uning Yaqin Sharq boʻyicha oʻng qoʻli Stiv Vitkoff faqat oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini saqlab qolish va Netanyaxu uning oldiga qoʻyayotgan toʻsiqlarni bartaraf etishga eъtibor qaratmoqda.


Tramp, shuningdek, AQShning tazyiqiga hamma ham ijobiy munosabatda boʻlmasligini tushunib etmoqda. Arab, Evropa va boshqa hukumatlar tomonidan Trampning Gʻazo aholisini koʻchirish rejasining jamoaviy rad etilishi baъzi oʻzgarmas qadriyatlarni osonlikcha oʻzgartirib boʻlmasligini koʻrsatdi. Donalьd Trampning oʻzi Gʻazo rejasidan voz kechib, oʻtgan hafta mintaqa uni rad etganidan "hayratda qolganini" aytdi va "uni majburlamasligini" qoʻshimcha qildi. AQSh va Isroilning kuchga asoslangan ittifoqi erishishi mumkin boʻlgan chegaralar adogʻi koʻrina boshladi.

Mavzuga aloqador