Joriy yilda 30 ming afgʻonistonlik Saudiya Arabistoniga Haj safariga boradi. Allaqachon 230 kishidan iborat birinchi ziyoratchilar karvoni Madinaga yoʻl olgan. Afgʻoniston Haj va Vaqf vazirligiga koʻra, ziyoratchilarni tashish bir oy va ikki kun davomida 97 ta maxsus reysda amalga oshiriladi.
Bugun isroil harbiy-havo kuchlariga tegishli beshta jangovar samolyot Suriyaning Damashq shahri yaqinida joylashgan Sahnaya hududiga havo hujumini amalga oshirdi. Rasmiy maъlumotlariga koʻra, hujum chogʻida kamida toʻqqizta aviazarba yoʻllangan.
2022 yildan buyon kamida 1110 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzib, Rossiya-Ukrina urushida ishtirok etdi. Bu haqda Ukrainaning “Xochu jitь” (“Yashashni xohlayman”) loyihasi maъlum qildi.
Rossiyada musulmon diniy arboblari va akademik doira vakillari 2037 yilgacha amal qiladigan Islomiy taъlim strategiyasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Rossiya Musulmonlar diniy idorasi rahbari, muftiy Albir Krganov maъlum qildi.
Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonda uygʻurlar bilan bogʻliq inson huquqlari buzilishi, xususan majburiy mehnat va genotsid ayblovlariga nisbatan xalqaro bosim kuchayayotgan bir paytda, madaniy propagandani yana bir bor vosita sifatida ishlatmoqda.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakat qurolli kuchlariga Pokistonga zarba berish usuli, maqsadlari va muddatlarini belgilashda toʻliq erkinlik berdi.
Donald Tramp ABC News telekanaliga bergan intervьyusida jurnalist undan: “Putin sizni aldadimi?” deya ochiq soʻradi. Bunga javoban Tramp, “Ha, ehtimol, u meni biroz aldayotgandir. Shunday boʻlsa ham, menimcha, u urushni toʻxtatishni xohlaydi”, degan.
Hodisa Quddus shahrining markaziy hududlaridan birida, piyodalar oʻtish joyi yaqinida sodir boʻlgan. Dastlabki maъlumotlarga koʻra, avariya oqibatida hech kim jarohat olmagan, sionist Netanyaxuning oʻzi esa voqeadan zarar koʻrmagan.
Bugundan boshlab Saudiya Arabistoni ruxsatnomasiz Haj ibodatini ado etgan yoki unga urinib koʻrgan shaxslarga nisbatan qatъiy choralar qoʻllashini maъlum qildi.
Farmonga koʻra, Rossiya hududida noqonuniy boʻlgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar 2025 yil 10 sentyabrgacha oʻz huquqiy holatini tartibga solishi yoki mamlakatni tark etishi kerak.