Bosqinchi isroil harbiy-havo kuchlari Suriyaning Damashq, Hama, Idlib, Dara va Lazzoqiya singari qator hududlariga kuchli zarbalar berdi. Ayni damda ushbu hududlarga katta miqdorda zarar etkazilgani aytilmoqda. Qurbonlar soni esa ochiqlanmagan.
Shu yilning 15 mayidan boshlab Shveytsariyada HAMAS harakati va unga aloqador tashkilotlar faoliyati rasman taqiqlanadi. Bu qaror mamlakat Federal kengashi tomonidan qabul qilinib, rasmiy hukumat portalida eъlon qilindi.
Soʻnggi yillarda Evropa davlatlarida nafrat, irqchilikka oid jinoyatlar soni keskin koʻpaymoqda. Statistik maъlumotlarga koʻra, Frantsiyada islomofobik jinoyatlar soni 2024 yilda 16 mingga etgan.
Rossiyada musulmon ayollarning niqob taqishi masalasi yana jiddiy muhokama ostida. Moskva metrosidagi mojaro, Dogʻistonda oʻtkazilgan politsiya reydlari hamda Xasavyurtdagi musulmon ayollarga nisbatan bosimlar fonida rasmiylar bu kiyimni xavfsizlikka tahdid deb baholamoqda.
isroil* Milliy jamgʻarmasi bergan rasmiy maъlumotga koʻra, kecha boshlangan kuchli yongʻin natijasida mamlakatda 2 000 gektarga yaqin ochiq erlar, yaъni taxminan 2 800 ta futbol maydoniga teng hudud yonib ketdi. Shundan 1 300 gektardan ortigʻi oʻrmonzorlar boʻlgan.
AQSh Mehnat vaziri Lori Chaves hukumat milliy manfaatlarga mos kelmaydigan dasturlarni toʻxtatib, 250 million dollar tejaganini maъlum qildi. Unga koʻra, bekor qilingan mablagʻlar orasida “Oʻzbekiston paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish” loyihasi ham bor. Bu maъlumotni eshitgan Ilon Mask yigʻilishda kulgi bilan munosabat bildirdi.
isroilda 30 aprel kuni boshlangan oʻrmon yongʻinlari tufayli tahdidning eng yuqori darajasi eъlon qilindi.
Ahmat Qodirov nomidagi fond Isroil bombardimoni oqibatida ogʻir tan jarohati olgan gʻazolik bolaga moliyaviy va gumanitar yordam koʻrsatdi. Aytilishicha, fond tomonidan bolaning davolanishi uchun mablagʻ ajratilgan hamda uning birlamchi ehtiyojlari taъminlangan.
Rossiyadagi Russia Today (RT) telekanali oʻtgan yili xorijda Kremlь targʻiboti uchun 31,7 milliard rublь sarfladi. Bu kanal tarixidagi rekord koʻrsatkich boʻlib, 2023 yilga qaraganda 4,2 milliard rublga koʻp. Eъtiborlisi, RT byudjeti deyarli toʻliq davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Ispaniya hukumati xorijda surrogat onalar orqali tugʻilgan bolalarni oʻz elchixona va konsulliklarida roʻyxatdan oʻtkazishni taqiqladi. Bildirilishicha, yangi belgilangan tartib xorijiy davlatlar tomonidan berilgan tugʻilganlik guvohnomalarini qabul qilishni ham man etadi. Shuningdek, avval boshlangan, ammo tugallanmagan roʻyxatga olish jarayonlari ham bekor qilinadi.