Turkiya Suriyani himoya qilib, bosqinchi isroil* bilan toʻqnashishga majbur boʻlmoqda
Bosqinchi isroil harbiy-havo kuchlari Suriyaning Damashq, Hama, Idlib, Dara va Lazzoqiya singari qator hududlariga kuchli zarbalar berdi. Ayni damda ushbu hududlarga katta miqdorda zarar etkazilgani aytilmoqda. Qurbonlar soni esa ochiqlanmagan.
Bosqinchi isroil radioeshittirish boshqarmasi maъlumotlariga koʻra, turk qiruvchi samolyotlari Suriya osmoniga koʻtarilib, sionistlarga ogohlantiruvchi signallar yuborgan. Ularni Suriya hududidan chiqarib yuborish va tinch aholini himoya qilish uchun elektron urushdan foydalangan.
Maъlumot uchun, kecha, ikkinchidan uchinchi mayga oʻtar kechasi isroil havo kuchlari Shom diyorida harbiy obъektlar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, radarlar va Suriya armiyasiga tegishli qurol omborlarini nishonga olish maqsadida havo hujumlarini boshlagan edi.












