Ahmat Qodirov nomidagi fond Isroil bombardimoni oqibatida ogʻir tan jarohati olgan gʻazolik bolaga moliyaviy va gumanitar yordam koʻrsatdi. Bu haqda «Grozniy-inform» Falastin xayriya tashkilotiga tayanib xabar berdi.


Gap shundaki, bola yashagan uy bosqinchi isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan nishonga olingan edi. 


Portlash toʻlqini yosh bolani qoʻshni tomga uloqtirgan, buning oqibatida u ogʻir tan jarohati olgan edi. 


Bolaning oila aъzolari taqdiri esa nomaъlumligicha qolmoqda. Voqea aks etgan suratlar xalqaro OAVlarda tarqalib, koʻpchilikning noroziliklariga sabab boʻlgandi.


Shuningdek, fond tomonidan bolaning davolanishi uchun mablagʻ ajratilgan hamda uning birlamchi ehtiyojlari taъminlangan. Vakillar bolaga toʻliq sogʻayguniga qadar yordam koʻrsatishini bildirgan.

Mavzuga aloqador