Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakat qurolli kuchlariga Pokistonga zarba berish usuli, maqsadlari va muddatlarini belgilashda toʻliq erkinlik berdi. 


The Times of India nashrining yozishicha, qurolli kuchlar rahbarlari ishtirok etgan oliy darajadagi uchrashuvda bosh vazir Modi “milliy qatъiyat dushmanlarga qaqshatqich zarba berishdan iborat”ligini bildirgan.


Mahalliy nashrlar Modining Hindiston qurolli kuchlari qobiliyatlariga toʻliq ishonch bildirganini eъtirof etyapti. 


Oldinroq Hindiston va Pokiston chegarasida ketma-ket otishmalar sodir boʻlgandi. 


Shu bilan birga, Pokiston Mudofaa vazirligi mamlakat Hindistonga qarshi harbiy harakatlarni boshlamasligini taъkidlagan.


Mavzuga aloqador