Bugundan boshlab Saudiya Arabistoni ruxsatnomasiz Haj ibodatini ado etgan yoki unga urinib koʻrgan shaxslarga nisbatan qatъiy choralar qoʻllashini maъlum qildi. Bu haqda “Saudi Gazette” nashri xabar bermoqda.


Endilikda Haj marosimida ruxsatsiz qatnashganlar yoki ziyorat hududlariga noqonuniy kirganlar 20 ming Saudiya rialigacha (5,3 ming AQSh dollari) jarimaga tortiladi. 


Ziyorat vizasi orqali Makkaga noqonuniy kirgan yoki u erda qolgan shaxslarga esa 100 ming rialgacha (26 ming AQSh dollari) jarima belgilanishi mumkin.


Shuningdek, xabarda aytilishicha, Makkaga ruxsatsiz kirishga uringanlar, jumladan, muddati oʻtgan vizaga ega boʻlganlar ham deportatsiya qilinadi va 10 yil muddatga Saudiya Arabistoniga kirish huquqidan mahrum etiladi. 


Avvalroq Saudiya Bosh prokuraturasi ayrim shaxs va tashkilotlar Haj va Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etib, fuqarolarning xavfsizligini xavf ostiga qoʻyayotgani haqida ogohlantirish bergan edi.

Mavzuga aloqador