Rossiya prezidenti Vladimir Putin mehnat muhojirlari uchun oʻz maqomini qonuniylashtirish muddatini uzaytirdi. Bu haqdagi farmon Huquqiy hujjatlar portalida paydo boʻldi.


Unga koʻra, Rossiya hududida noqonuniy boʻlgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar 2025 yil 10 sentyabrgacha oʻz huquqiy holatini tartibga solishi yoki mamlakatni tark etishi kerak.


2024 yil dekabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin muhojirlardan 30 aprelgacha oʻz maqomini qonuniylashtirish yoki mamlakatni tark etishni talab qiluvchi farmonni imzolagandi. Hujjat Rossiyaning oʻtgan bahorda boshlangan migratsiya siyosatining keskinlashuvi fonida chiqarilgan.


5 fevraldan boshlab esa Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzgan xorijliklarni oʻz ichiga olgan nazorat ostidagi shaxslar reestri ishga tushirildi. 


Mavzuga aloqador