Tatariston poytaxti Qozon shahridagi masjidlarda muborak Ramazon oyi davomida har kuni xayriya iftorliklari ham oʻtkaziladi. Maъlum qilinishicha, avval xurmo va suv bilan ogʻiz ochilib, soʻng shom namozi oʻqiladi. Namozdan keyin barcha dasturxon atrofida jam boʻladi.
Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi Oʻzbekiston uchun haj kvotasi 15 ta etib belgilanganini maъlum qildi. Bir necha yil oldin ham ayni shu vazirlik rahbari Oʻzbekiston prezidenti bilan uchrashuvda mamlakatga ajratilgan kvota miqdori 24 ming ekanini aytgandi.
Shavkat Mirziyoev Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi raisi, taniqli siyosatchi, Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. TDT oqsoqollar kengashi raisi Turkiy dunyo shaharsozlik kongressida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan.
2025 yil 11 fevralь kuni 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida oʻz jazo muddatini oʻtayotgan mahkum Mustafo Tursunboevni ayni damda buzilayotgan binoning devor qismi qulab, bosib qolgan.
Olmaliqdagi 14-sonli koloniyadan 15 fevralь kuni 21 yashar mahkum – Muhammadqodir Poʻlatovning jasadi chiqdi.
Ukraina prezidentini Anqara aeroportida Turkiya rasmiylari kutib oldi. 18 fevralь kuni Zelenskiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon oʻrtasida Anqaradagi prezidentlik majmuasida uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Ozarbayjon 13 yillik tanaffusdan soʻng Damashqdagi elchixonasi faoliyatini tikladi.
Markaziy osiyolik mehnat muhojirlarining 76 foizi rasmiy mehnat shartnomasiga ega emas, bu esa ularni ekspluatatsiya va zoʻravonlikka uchrashiga sabab boʻlmoqda.
Qorachoy-Cherkasiyada Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari maktab maъmuriyatlaridan hijob kiygan oʻquvchi qizlarning roʻyxatini tuzishni talab qilmoqda. Bu talab hatto birinchi sinf oʻquvchilariga ham tegishli ekani aytilmoqda.