Ozarbayjon 13 yillik tanaffusdan soʻng Damashqdagi elchixonasi faoliyatini tikladi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi maъlum qildi, deb xabar bermoqda “Report” nashri.

Maъlumotlarga koʻra, elchixonaning vaqtinchalik ishlar vakili allaqachon Suriya poytaxtiga etib borib, rasmiy vazifalarini bajarishga kirishgan. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bu qarorni ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi sifatida baholagan.

Rasmiy bayonotda taъkidlanishicha, mazkur qadam siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda sheriklikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, Boku xalqaro huquq tamoyillariga asoslangan holda, Suriyada barqaror tinchlik va osoyishtalik oʻrnatilishini qoʻllab-quvvatlashini maъlum qilgan.

Oxirgi paytlarda dunyo davlatlari Suriyadagi diplomatik vakolatxonalarini qayta ochishni boshladi. Jumladan, Frantsiya 2024 yil dekabrь oyida oʻz elchixonasi faoliyatini tikladi.

Mavzuga aloqador