Ozarbayjon hukumati maktab darsliklariga isroil ishgʻolini ijobiy talqin qilgan birinchi musulmon davlati boʻldi. Oʻquv adabiyotlaridan bosib olingan Falastin xaritalari va Yosir Arofat haqidagi maъlumotlar olib tashlandi. Shuningdek, Falastin qarshilik harakatlari "terrorchilar" sifatida talqin qilindi.
Turkmanistonda ajrashish toʻlovi birdaniga 5 baravarga qimmatladi. Nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganlardan 6000 manat, yaъni 3 500 dollardan ortiq miqdorda davlat boji toʻlashi talab qilinmoqda.
15 fevralь tongida xitoyliklar hech kimdan soʻramay Toshkentning qoq markazida, boʻlib ham biz uchun ramziy maъnoga ega boʻlgan Milliy bogʻda "Biz kuchlimiz!" deb baqirib yurishibdi. Jamoat joyida bir guruh chet elliklar bayroq koʻtarib, miting qilishib yurisa-yu, bundan hududni qoʻriqlashi kerak boʻlgan Milliy gvardiyaning ham, IIBB va shahar hokimligining ham xabari boʻlmasa...
2024 yil davomida Toshkent shahrida 91 nafar fuqaro yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etgan.
AQSh deportatsiyani tezlashtirish va yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarning oldini olish uchun Osiyodagi qator davlatlar fuqarolarini Panamaga deport qila boshladi.
Fargʻona shahrida onlayn qimor sabab qarzga botgan yigit qoʻshni mahalladagi xonadonga oʻgʻrilikka tushib, uch bolali ayolni pichoqlab oʻldirdi. Sud uni 17 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Turkiyaning Bingoʻl viloyatida yoʻlovchi avtobusi agʻdarilib ketdi. Hodisa Bingoʻl-Diyarbakir yoʻlida, Gench tumaniga yaqin hududda sodir boʻlgan.
Qozon shahri 2026 yilda Islom olamining madaniy poytaxti deb eъlon qilindi. Bu qaror Saudiya Arabistonining Jidda shahrida oʻtkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) mamlakatlari madaniyat vazirlari yigʻilishida qabul qilindi.
Oʻzbekistonda mahkumlarga jazo muddatini qisqartirish uchun yangi imkoniyat yaratilmoqda. Yangi qonun loyihasiga koʻra, 1 ta kitob oʻqib, unga oid imtihondan oʻtgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqaradi.
Toshkent shahrida 17 nafar vatandosh DXX va IIV xodimlari tomonidan noqonuniy diniy tashkilot tuzishda gumonlanib, qoʻlga olindi.