Fargʻona shahrida onlayn qimor sabab qarzga botgan yigit qoʻshni mahalladagi xonadonga oʻgʻrilikka tushib, uch bolali ayolni pichoqlab oʻldirdi. Sud uni 17 yilga ozodlikdan mahrum qildi.  

«Bu Kun» informatsion dasturining maъlum qilishicha, 26 yoshli yigit oʻgʻirlik ilinjida qoʻshni xonadonga kiradi. Shu vaqt biroz avval uxlab yotgan xonadon sohibasi tashqariga chiqqan va yigitni koʻrib, qoʻrquvdan baqirgan.

Ayol xonasiga qaytib kirishga uringanida yigit unga qoʻlidagi pichoq bilan bir marta zarba berib, voqea joyidan qochib ketgan. Ayol esa shu joyning oʻzida halok boʻlgan.

Sud qarzdorni oʻta shafqatsizlik bilan qasddan odam oʻldirish hamda uy-joy, omborxona yoki boshqa binolarga gʻayriqonuniy ravishda kirib, bosqinchilik qilishda aybdor deb topgan.
 
Biroq muammoning asl ildizi qimorning qonuniylashtirilishi ekaniga toʻxtalmagan. Musulmonlar diyorida dinimizda harom qilingan yoʻl bilan pul topishga ruxsat berilar ekan, uning salbiy oqibatlari hali koʻp bora yuzaga chiqaveradi.

Mavzuga aloqador